"PSJ" xo‘jayini Lionel Messining ketishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
“U biz bilan. U "Pari Sen-Jermen" futbolchisi va biz bilan hali shartnomasi bor.
Uning shartnomasi bor, ko‘ramiz mavsum oxirida nima bo‘larkin. U Parijda baxtli”, - deydi Nosir Al-Xelayfi.
Hujumchining parijliklar klubi bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha hisoblangan. Avvalroq, argentinalik futbolchi xizmatiga "Barselona" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.