Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Krishtianu Ronaldu "MYU"dan cho‘chimayapti. U bo‘ysinmoqchi emas

Krishtianu Ronaldu "MYU"dan cho‘chimayapti. U bo‘ysinmoqchi emas

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu o‘tgan haftada butun dunyoni lol qoldirgandi. U Pirs Morgan bilan bo‘lgan suhbatda "MYU"dagi holati haqida gapirib, jamoadagi ko‘pchilikni tanqid ostiga olgan. Ushbu voqeadan keyin "Manchester Yunayted" Ronaldu borasida qonuniy chora ko‘rishini e’lon qilgandi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, mankunianliklar rahbariyati 37 yoshli futbolchi bilan bir yil oldin tuzilgan 16 million funtlik bitimni muddatidan oldin tugatish niyatida. Ammo Ronaldu bo‘ysunmoqchi emas. Unga "MYU"ning harakatlari ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu haqida hujumchining o‘zi Ganaga qarshi o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

"Bu yerda muhit yaxshi, hech qanday muammo mavjud emas. Jamoa bilan e’tiborni faqat oldimizdagi o‘yinga qaratganmiz. Sizlar menga yordam berishingiz mumkin. Men haqimda gapirishni to‘xtatishingizning o‘zi, katta yordam bo‘ladi, men uchun. Agar siz (jurnalistlar) o‘zga futbolchidan men haqida so‘rashni davom ettirsangiz, jahlim chiqadi. Mendan Jahon chempionati va jamoa haqida so‘rang. Men bundan faqat xursand bo‘laman. Ammo men va "MYU" o‘rtasidagi muammolar haqida emas! Agar sizlar deyarli 38 yoshga kirgan futbolchidan nimanidir isbotlashni so‘rasangiz, meni tashvishga qo‘ygan bo‘lasiz. Hozirga qadar qilgan ishlarim, hamma uchun yetarli deb o‘ylayman. Albatta, men hali ham o‘zimga bildirilgan ishonchni oqlashim lozim. Hammaning men haqimda o‘ziga xos fikrlari bor. Men uchun to‘g‘ri tanlov qilish juda muhim. Men haqimda bo‘xtonlarni yozib chiqarishdan osoni yo‘q. Biroq, mening tanlovim - bu meniki va boshqalarning fikri meni qiziqtirmaydi. Aminmanki, bu voqealar terma jamoaga ta’sir o‘tkazmaydi. Bu yerdagi futbolchilar va murabbiylar men kim ekanimni, nimalarni o‘ylayotganimni yaxshi biladi. Jamoadagilar meni 11 yoshimdan beri bilishadi. Shunday ekan, ularga ham xuddi men kabi odamlarning nima deyishi yoki nimani yozishi muhim emas".

Ronaldu "MYU"ni o‘ziga nisbatan hurmatsizlik va xiyonatda ayblagandi. Shundan keyin, rahbariyat bu masala borasida qonuniy yo‘l tutishini bildirgan. Ayni damda esa "MYU" Ronalduni mundialdan keyin jamoaga qaytib kelishini istamaydi. Shu sababli, uning haftasiga 500 ming, ikki yilga esa 16 million funtlik qiymatga ega bo‘lgan bitimini tugatish payiga tushgan.
Shuningdek, Ronaldu terma jamoa safida Fernandesh hamda Kanselu bilan bo‘lgan voqealarga ham izoh berib ketdi. U shunday deydi:
"Men Brunu bilan ko‘p hazillashaman. O‘sha kuni u mashg‘ulotlarga kech keldi. Buning sababi esa reysning qoldirilgani edi. Men unga hazillashib: "qayiqda keldingmi, nima balo?" dedim. Media esa buni bo‘rttirdi. Kanselu bilan ham shunga o‘xshash vaziyat edi. U Felish bilan qattiq to‘qnashib ketdi. Men esa uni ruhlantirish uchun bo‘ynidan ushlab: "dadil bo‘l!" deb tasalli berdim. Mana shunaqa. Ammo hammaning ko‘zi Ronalduda. U bilan bo‘ladigan voqealarnigina ko‘rishadi. Yana qaytaraman, jamoadagi muhit ajoyib. Hech qanday muammo yo‘q. Biz hozir faqatgina Gana bilan o‘yinni o‘ylayapmiz".

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi H guruhida Gana, Urugvay hamda Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: teamtalk.com
Kiritildi: 11:39, 22.11.2022.
O'qildi: 7650 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.