Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Komo 1-5 Lasio
01/11 00:45 Roma 1-0 Torino
01/11 16:00 Lokomotiv 0-1 Nasaf
01/11 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Surxon
02/11 01:00 Alaves 1-0 Malyorka
02/11 15:00 Olimpik - Navbahor
02/11 17:15 Qizilqum - Dinamo
02/11 17:30 Nyukasl - Arsenal
02/11 18:00 Osasuna - Valyadolid
02/11 19:00 Bolonya - Lechche
02/11 20:00 Bornmut - Manchester Siti
02/11 20:00 Ipsvich - Lester
02/11 20:00 Liverpul - Brayton
02/11 20:00 Nottingem Forest - Vest Xem
02/11 20:00 Sautgempton - Everton
02/11 20:15 Jirona - Leganes
02/11 22:00 Udineze - Yuventus
02/11 22:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
02/11 22:30 Vulverhempton - Kristal Pelas
03/11 00:45 Monsa - Milan
03/11 01:00 Valensiya - Real Madrid
03/11 16:00 Neftchi - Bunyodkor
03/11 16:30 Napoli - Atalanta
03/11 18:00 Atletiko - Las-Palmas
03/11 18:15 Metallurg - OKMK
03/11 19:00 Torino - Fiorentina
03/11 19:00 Tottenhem - Aston Villa
03/11 20:15 Barselona - Espanyol
03/11 21:30 Man. Yunayted - Chelsi
03/11 22:00 Verona - Roma
03/11 22:30 Sevilya - Real Sosyedad

Bu 17 yildan beri davom etyapti: "Manchester Yunayted" yulduzlari Gleyzerlardan to‘yib ketgan!

Bu 17 yildan beri davom etyapti: "Manchester Yunayted" yulduzlari Gleyzerlardan to‘yib ketgan!

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronalduning "MYU"dan ketishiga sababchi bo‘lgan intervyu hammaning yodida bor. Portugaliyalik yulduz o‘z fikrlari davomida klub boshqaruvi va Gleyzerlar oilasini tanqid qilgan. Qizig‘i, Ronaldu bu ishni qilgan yolg‘iz futbolchi emas. Quyida Ronaldu va boshqa klub afsonalarining Gleyzerlar haqidagi fikrlari qayd etiladi.

Krishtianu Ronaldu

"...Klubdagi o‘sish nolga teng! Fergyuson jamoani tark etganidan beri, klub umuman rivojlanmapti. Hech narsa o‘zgarmagan. Menimcha, muxlislar shu kabi haqiqatlarni bilishi kerak. Men bu klubga eng yaxshisini ravo ko‘raman. Shuning uchun bu yerga kelganman. Ammo jamoa ichida shunday narsalar borki, bu narsa bizning "Manchester Siti", "Liverpul", hattoki hozirgi "Arsenal" kabi top darajaga chiqishimizga halaqit beradi. Bunday yirik klub kamida kuchli uchlikda bo‘lishi kerak. Afsuski, hozir unday emas. Ishoning, men ketganimdan beri hech narsa o‘zgarmagan. Basseyn, jakuzi, hattoki trenajor zali ham o‘sha-o‘sha. Bu yerdagi infrastrukturani men 20 yoshimda ko‘rganman. Hozir ham o‘sha narsalar. O‘zgarish yo‘q. Menimcha, rahbariyat klub haqida qayg‘urmaydi. Ularga farqi yo‘q. Istaganida, ko‘p narsalarni o‘zgartirgan bo‘lardi".

Rio Ferdinand

"Nima balo? Bular nima qilmoqchi? Maqsadlari nima? Odamlar, bu normal ish emas! Bir klubni boshqarish bu kabi bo‘lishi kerak emas. "MYU" katta tarixga, merosga, xarakter va o‘zligiga ega klub. Rahbariyatchi? Ular nima qilishyapti? Ularning klub muxlislari bilan ishi yo‘q! Ular na futbolchilar va na murabbiy g‘oyalari bilan hisoblashadi. Menimcha, rahbariyat o‘zining qaysi klubni boshqarayotganini yaxshi anglamaydi. Bu hurmatsizlik. Tizim butunlay ishdan chiqqan. O‘ylashimcha, rahbariyatdagilar muxlislar oldida chiqish qilib, xatolarini tan olib, kechirim so‘rashi kerak. Buning o‘rniga esa hozir o‘zgalar aybdor qilinmoqda", – degan edi "MYU" afsonasi, 2022 yilning avgust oyida.

Pol Skoulz

"To‘g‘risi, bu rahbariyatning klubga qayg‘urishiga shubham bor. Ular o‘zga yurt milliarderlari va klub ular uchun bir pul keltiruvchi vosita xolos. Muxlislar uchun maydonda nima bo‘layotgani, natijalar va futbolchilar muhim. Endi qarang, "MYU"dek klubni qayerga olib kelishdi. Jamoa besh yildan beri hech qanday sovrin yutmadi. Bir necha yildan beri noto‘g‘ri odamlarni boshqaruvga olishmoqda. Murabbiy va futbolchilar borasida ham xuddi shu ahvol. Bu ketishda yaqin yillarda sovrin kelmaydi. Chunki, sovrin o‘z oyog‘i bilan kelmaydi. Unga erishiladi! Unga erishadigan odamni esa kӯrmayapman".

Patris Evra

Evra 2020 yilning sentyabrida shunday degandi: "Bu klub ustidagilar riyo va kibrni bas qilishi kerak. Bilasizmi, nima? Klub ichida hatto Ser Aleks Fergyusonni hurmat qilmaydigan odamlar ishlaydi. Bizdan oldin Bobbi Charlton, Jorj Best kabi nomlar tarix yaratib ketishgan. Biz esa ularga hurmat bilan qarashga harakat qildik. O‘zimiz ham qo‘limizdan kelgancha, klubga yordam berdik. Mana endi, kimlardir yaratilgan shonli tarixni axlatga uloqtirmoqchi. Nima uchun, nega? Biznes uchunmi? Menimcha shunday. Boshqaruvdagilar klub tarixini yo‘q qilmoqda. Ularga pul bo‘lsa bo‘lgani. Qolgan narsalar – ikkinchi darajali".

Ueyn Runi

Runi 2022 yilning fevral oyida "the Mirror" nashriga shunday deydi: "Ronaldu 2009 yilda jamoadan ketdi. Uning ortidan Teves ham bizni tark etdi. Keyin nima bo‘ldi? Klub bir qadam oldinga, ikki qadam ortga yurdi. Shuning uchun men kuyinaman. Bugungi savollar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmagan. Ayrim narsalarni bilib olishimiz kerak. Bunga haqlimiz. Afsuski, jamoa, hatto bugunga qadar ham tushgan jarligidan chiqib keta olmadi. Umid uchqunlarini esa ko‘rmayapman. 2013 yilga qadar biz uchun APLda g‘olib chiqish normal holat edi. Hozir esa bu katta mo‘jizaga aylanib ulgurdi. Nima ham derdim, boshqaruv siyosati o‘zgarishi kerak. Aks holada, bu jamoadan nimadir kutish xato bo‘ladi".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 11:27, 23.11.2022.
O'qildi: 3923 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.