Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Akademiyalar faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganilmoqda

Akademiyalar faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganilmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Respublikadagi futbol mahorat maktablari direktorlari uchun bolalar-o‘smirlar futboli yo‘nalishi bo‘yicha tajriba almashish va yangi loyihalarni mamlakatimizda tatbiq qilish maqsadida Turkiyada «master-klass» tadbirlari tashkil qilinyapti.

Kecha delegasiya vakillari Turkiyada yil sayin o‘z o‘rnini mustahkamlab borayotgan, mamlakatning Yevropa qismidagi eng kuchli akademiyaga aylangan Oltino‘rda bazasida bo‘lishdi.

Turkiya afsonasi Metin Oktay nomiga qo‘yilgan mazkur akademiya «Izmir Cup» musobaqasi bilan Yevropada o‘z o‘rniga ega. Musobaqada har yili 64 ta jamoa ishtirok etadi. Ishtirokchilar orasida «Barselona», «Bavariya» va «Manchester Siti» kabi grand jamoalarni ham ko‘rish mumkin.

Tashrif davomida delegasiya vakillariga zamonaviy akademiya  tashkil etish yuzasidan tushunchalar berildi. Futbolchilarni saralash tizimi, murabbiylarning malakasini oshirish dasturi, infratuzilma va maydonlar yo‘nalishi bo‘yicha muhim masalalar o‘rganildi.

Ta’kidlash kerak, delegasiya Oltino‘rdaning Izmirdagi ish uslubini o‘rganishi va Yashilyurtdagi eng birinchi filialga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 26 noyabr kuni delegasiya vakillari Otabek Shukurov faoliyat olib borayotgan «Fatix Karagumruk» akademiyasiga tashrif buyuradilar va shu kuni Turkiyaning U-19 ligasida ishtirok etadigan «Galatasaroy» jamoasining o‘yiniga borib ko‘radilar. Shu bilan bir qatorda akademiya direktori Orxan Atik bilan «Galatasaroy» infratuzilmasi yaqindan o‘rganiladi.

27 noyabr kungi rejaga ko‘ra «Beshiktosh» akademiyasiga safar uyushtiriladi. Shu kuni Turkiya bolalar ligasi tur uchrashuvlarini borib ko‘rish hamda Istanbuldagi ommaviy futbol dasturi bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 08:17, 25.11.2022.
O'qildi: 4145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.