"Barselona" prezidenti Joan Laporta klub qishki transfer oynasida o‘z tarkibiga yangi futbolchi qo‘shib olmasligini aytdi.
“Bizda juda raqobatbardosh jamoa bor. "Barselona" jahon chempionatida eng ko‘p o‘yinchisi ishtirok etayotgan jamoa. Bu biz yaxshi ish qilayotganimizni ko‘rsatadi. Shuningdek, Xavining ajoyib ishini ham qayd etish kerak.
Kutilmagan voqea ro‘y bermasa, qishda transferlarni amalga oshirmaymiz. Yozda biz dastaklar bilan ishladik va yaxshi jamoa tuzdik. Chempionlar ligasidan tushib ketganimizga qaramay, natijalardan mamnunmiz.
La Liga bizni tobora ko‘proq cheklamoqda. Liga rahbariyati tobora qattiqqo‘l qoidalarni joriy etishda davom etmoqda. Umid qilamanki, FFP qoidalaridagi moslashuvchanlik ustun turadi", - deya Laporta so‘zlarini keltiradi Marca.