Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Taekvondo. Ulug‘bek Rashitov Ar-Riyod gran-prisida finalga chiqdi

Taekvondo. Ulug‘bek Rashitov Ar-Riyod gran-prisida finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Taekvondo WT bo‘yicha yilning eng nufuzli 4 gran-pri musobaqasidan biri bo‘lib o‘tmoqda. Unda faqat olimpiadaga kiritilgan vazn toifalarda janglar o‘tkazilmoqda. Erkaklar va ayollar 4tadan vaznda bahslarda ishtirok etishmoqda. Har bir vaznda eng kuchli 16 nafardan sportchi turnirda qatnashayotgan bo‘lsa, yurtimiz sharafini 4 nafar taekvondochi Saudiyaga tashrif buyurgan.

Kecha barcha vazn toifalarida saralash bosqichidan boshlab yarim finalgacha bo‘lgan janglar o‘tkazildi. Kun yakunida 8 vaznda finalga chiqqan sportchilar aniq bo‘ldi.

Tokio-2020 olimpiadasi g‘olibi Ulug‘bek Rashitov (68 kg.) 3ta jangda g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz ilk bosqichda isroillik Nimrod Krivishskiyni, chorak finalda shvesiyalik Ali Alianni 2ta raundda mag‘lub etdi. Yarim finalda Ulug‘bekka Tokio-2020 finalidagi raqibi — britaniyalik Bredli Sindelga qarshi dayanga chiqdi. Rashitov jang davomida ustunlikka erishdi va 2ta bo‘limda jang taqdirini hal qildi.

Hamyurtimiz finalda iordaniyalik Zayd Karimga qarshi jang qiladi. Final jangi bugun bo‘lib o‘tadi.

80 kg. vaznda qatnashgan mahoratli taekvondochimiz Nikita Rfalovich esa dastlabki bosqichda ispaniyalik raqibini 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, chorak finalda italiyalik Simone Allessioga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (1:2).

Afsuski, mazkur vaznda qatnashgan Shuhrat Salayev musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi. 0:0 hisobida tugagan birinchi va uchinchi raundlar tunislik raqib foydasiga yozildi. Salayev esa 2-raundda 7:6 hisobida g‘alaba qozondi. Garchi hamyurtimiz butun jang davomida ko‘proq ochko qo‘lga kiritgan bo‘lsa ham ushbu Olimpiada siklidan amalga kiritilgan yangi qoidaga ko‘ra tunislik sportchi keyingi davraga yo‘l oldi.

Yaqindagina jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan Svetlana Osipova (+67 kg) kutilmaganda ilk bosqichda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Turkiyalik Nafiya Kush bilan jang qilgan hamyurtimiz 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:27, 10.12.2022.
O'qildi: 1832 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.