Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Chempionlikni Argentinaga beraqoling!» – g‘azablangan Portugaliya futbolchilari mag‘lubiyatda bosh hakamni aybdor qilmoqda

«Chempionlikni Argentinaga beraqoling!» – g‘azablangan Portugaliya futbolchilari mag‘lubiyatda bosh hakamni aybdor qilmoqda

Baho:
+ | -

Portugaliyalik yulduzlar bo‘lmish Brunu Fernandesh va Pepe FIFAni so‘roqqa tutdi. Ular tashkilotdan nima uchun o‘zlarining o‘yiniga argentinalik hakamni tayinlagani haqida so‘rashdi. Marokash va Portugaliya o‘rtasidagi bahsni Argentinadan kelgan Fakundo Telyo boshqarib borgandi.

Avvalroq Argentina va Niderlandiya o‘yinida ishlagan Antonio Mateu Laos 17 ta sariq kartochka ko‘rsatgani sababli Messi va Martines tomondian keskin tanqidga olingandi. Bu safar esa Fernandeshga argentinalik hakamning qarorlari «juda g‘alati» tuyuldi. U shunday deydi:

«Nima bularning hammasi Argentinani chempion qilishmoqchimi? Nimani o‘ylayotgan bo‘lsam, shuni aytaman. Shaxsan menga, bizning o‘yinda Jahon chempionatida hamon qatnashayotgan mamlakatdan bo‘lgan hakamning ishlashi juda g‘alati tuyuldi. Bular shu haqida ham o‘ylab ko‘rsa bo‘lardi».
Portugaliya himoyachisi Pepe Marokashga mag‘lubiyatdan keyin hakamdan juda ham jahli chiqdi. Chunki uning do‘sti bo‘lgan Ronaldu o‘zining so‘nggi mundialini alamli tark etishga mahkum edi. Pepe FIFAga istehzo bilan shunday murojaat qiladi:

«Kechagi voqealardan keyin ham bizning o‘yinimizni argentinalik hakam boshqargani meni g‘azablantirdi. O‘zlaringiz ko‘rdilaringiz, kecha Messi hakam haqida qancha gapirdi. Biz esa bugun, ayniqsa, ikkinchi taymda borimizni berdik. Hakam bizga qarshi qarorlar chiqardi. Raqib darvozaboni zarbalarni qaytardi. Atigi 8 daqiqa qo‘shib berildi. Bu esa kam edi. Hammasidan men bir xulosaga kelayapman. Yaxshisi, tinchgina kubokni Argentinaga beraqolinglar!».

Bernardu Silva ham o‘yindan keyin o‘z fikrini bildirar ekan, jumladan, shunday dedi: «O‘yin kurashuvchan va murakkab raqibga qarshi kechdi. Hozir nimani his qilayotganimizni hamma biladi. Biz o‘zimizga ishonardik. Yarim-finalga yeta olardik. Men bugun portugal xalqidan kechirim so‘rayman. Biz yutqazdik. Marokash esa yarim-finlaga yo‘l oldi. Chunki ular bugun shunga loyiq harakat qildi».

Fernandu Santushning terma jamoadagi taqdiri mag‘lubiyatdan keyin so‘roq ostida qoldi. Bu haqida mutaxassisning o‘zidan so‘ralganida, u shunday deydi: «Bu haqida hali gaplashamiz. O‘yinga keladigan bo‘lsak, futbolchilar hamma narsa qilishdi. Ularni ayblamayman. Raqib Marokash bo‘ladimi, boshqasimi, farqi yo‘q. Bu Jahon chempionati va bu yerdagi har bir mag‘lubiyat bizni xafa qiladi».

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 08:58, 12.12.2022.
O'qildi: 5735 marta.
Fikrlar: 62 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.