"River Pleyt" "Benfika" Lissabon markaziy himoyachisi Nikolas Otamendini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda shaxsan Argentina klubi bosh murabbiyi Martin Demichelis ma’lum qildi.
"Niko, men senga to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapiryapman. Men jahon chempionatida g‘alaba qozonishingizni, keyin esa orzung "River Pleyt"da o‘ynash ekanligini anglab yetishingni istayman. Sen 34 yoshdasan, lekin sen ushbu jahon chempionatining eng yaxshi himoyachisisan. Seni jamoada ko‘rishni istaymiz", - dedi Demichelis.
Eslatib o‘tamiz, bugun Otamendi Argentina terma jamoasi safida JCH yarim finalida Xorvatiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.