Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Saudiya Arabistoni ustozi: "Men Fransiyalikman, lekin Marokashni muxlislik qilaman"

Saudiya Arabistoni ustozi: "Men Fransiyalikman, lekin Marokashni muxlislik qilaman"

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Erve Renar Marokash terma jamoasining JCH-2022dagi o‘yini haqida fikr bildirdi.

"Men fransiyalikman, menda Fransiya pasporti bor, lekin men Marokashga muxlislik qilaman", - dedi Renar RMC bilan suhbatda.

"Agar siz asosiy favorit bo‘lsangiz, u holda yo‘qotadigan narsangiz bo‘ladi. Marokashda g‘alaba qozonish uchun hamma narsa bor. Qaysidir ma’noda, ular qilgan ishlarini hisobga olib aytadigan bo‘lsak, ular allaqachon g‘alaba qozonishgan", - deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Erve Renarning o‘zi Marokash terma jamoasini 2016 yildan 2019 yilgacha boshqargan va uni 20 yil ichida ilk bor jahon chempionatiga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan Renar JCH-2022 guruh bosqichining birinchi turida Argentina terma jamoasini mag‘lub etdi, ammo yakunda saudiyaliklar pley-offga chiqa olishmadi.

Kiritildi: 11:33, 14.12.2022.
O'qildi: 2809 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик