Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Upamekano va Rabyo Marokashga qarshi o‘ynashi mumkin

Upamekano va Rabyo Marokashga qarshi o‘ynashi mumkin

Baho:
+ | -

L'Equipe bosh muharriri o‘rinbosari Jan-Filipp Lekler JCH-2022 1/2 finalida Didye Desham Fransiyaning Marokashga qarshi bugungi o‘yin uchun tarkibni qanday shakllantirishi haqida ma’lumot berdi.

Avvalroq Mundo Deportivo nashri yarim himoyachi Adriyen Rabyo va himoyachi Dayot Upamekano gripp alomatlari tufayli jamoadoshlaridan ajratilgani haqida xabar bergan edi.

“Bizning so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rabyo va Upamekano o‘ynaydi. Agar ular maydonga tusha olmasalar, Upamekanoning o‘rnini Avstraliya va Tunisga qarshi o‘yinlarda yaxshi o‘ynagan Ibrohim Konate egallaydi. Rabyoning yo‘qligi yanada muammoli bo‘ladi. Agar uning o‘rniga Tunisga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan Yusuf Fofana tushsa mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Zaxirachilar himoya markazida o‘ynasa, bu oson bo‘lmaydi. Fofana bilan bo‘lgan variant ancha ishonchliroq bo‘lardi, chunki u Tchuameni bilan uzoq vaqt "Monako"da birga o‘ynagan", - dedi Lekler SE nashriga.

Bugun, 14 dekabr kuni Fransiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati finaliga chiqish uchun Marokash bilan o‘ynaydi. Boshlanishi Toshkent vaqti bilan 23.59 da.

Kiritildi: 22:06, 14.12.2022.
O'qildi: 886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик