Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

JCH-2022. «Oltin», «Kumush» va «Bronza» butsalar kimga nasib etadi?

JCH-2022. «Oltin», «Kumush» va «Bronza» butsalar kimga nasib etadi?

Baho:
+ | -

Qatardagi jahon chempionati ertaga yakuniga yetadi. Turnirdagi intrigalardan biri — eng yaxshi to‘purarga biriladigan "Oltin butsa" sovrini kimga nasib etishi bo‘lib turibdi. Oldindan aytish kerakki, musobaqada, shuningdek, "kumush butsa" va "bronza butsa"lar ham o‘z egalariga topshiriladi.

Ayni paytda mazkur sovrinlarga 4 nafar futbolchi da’vogarlik qilmoqda:

Lionel Messi (Argentina) — 5 gol
Kilian Mbappe (Fransiya) — 5 gol
Olivye Jiru (Fransiya)  — 4 gol
Xulian Alvares (Argentina) — 4 gol

Xo‘sh, sovrin egalari qanday tamoyillarga ko‘ra aniqlanadi?

"Oltin butsa" musobaqada eng ko‘p gol urgan futbolchiga beriladi. Agar ikki yoki undan ko‘p futbolchilarning urgan gollari soni teng bo‘lsa, unda har bir futbolchining gollarga assistentlik qilgani (bu FIFAning maxsus texnik guruhi tomonidan hisoblanadi) inobatga olinadi.

Mbappe va Messi hisobida 5tadan gol bor. Finaldan keyin ham ularning gollari soni teng bo‘lsa, ular amalga oshirgan assistlar soni inobatga olinadi. Hozircha Leoda 3ta, Kilianda esa 2ta assist bor. Shuning uchun hozircha argentinalik futbolchi yuqorida turibdi.

Yuqoridagi 4 futbolchining assistlar bo‘yicha ko‘rsatkichlari quyidagicha:

Lionel Messi (Argentina) — 3 assist
Kilian Mbappe (Fransiya) — 2 assist
Olivye Jiru (Fransiya)  — 0 assist
Xulian Alvares (Argentina) — 0 assist

"Gol+pas"dan keyin ham ikki yoki undan ortiq futbolchi bir xil natija qayd etib turgan bo‘lsa, unda futbolchilarning maydonda o‘tkazgan vaqti hisoblanadi va maydonda eng kam vaqt o‘ynagan futbolchi g‘olib deb topiladi.

"Kumush" va "Bronza butsa"lar sohiblari to‘purarlar bahsida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga egallagan futbolchilarga beriladi.

Kiritildi: 10:28, 17.12.2022.
O'qildi: 5134 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик