Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Messiga chempionlik nimalar beradi?

Messiga chempionlik nimalar beradi?

Baho:
+1 | -

Ilgari, futbol bu qadar kundalik hayotimizga aylanmagan paytlarda dunyo futbol yulduzlarini faqat jahon chempionatlarida tomosha qilgan. Peleni faqat Braziliya, Eysebioni Portugaliya, Maradonani Argentina libosida tasavvur qilishgan. Ularga berilgan baho aynan mundiallarda ko‘rsatgan o‘yini  asosida berilgan.

To‘g‘ri, boshqa guruh ham bor - Di Stefano, Jorj Best, Kenni Dalglish kabi. Bilasizmi, ularni ilk sanalgan nomlar bilan bir qatorda tilga olishga nimadir yetishmayotgandek bo‘ladi. Ko‘pincha, ma’lum klublar bilan tilga olinishadi: «Real» afsonasi, «Liverpul» tarixidagi eng yaxshisi va hokazo. Futbol afsonasi deyish uchun o‘sha yetishmayotgan jihat - albatta, mundiallar.

Hozir ko‘p narsa o‘zgargan. Butun dunyo hamma yulduzlarni har hafta tomosha qiladi. Ularga muxlislik qiladi, birga g‘alaba qozonadi, mag‘lubiyatlarining guvohi bo‘ladi. Avvalgidek, kimgadir baho berish uchun to‘rt yil mundialni kutish ehtiyoji ham yo‘q, aslida. Futbolchi o‘z ishini qilyapti, o‘ta yuqori darajada, eng zo‘r boshqa futbolchilarga qarshi o‘z mahoratini har hafta namoyish qilyapti, nega endi, shu yetarli emas?

Afsuski, konservativ inglizlar yaratgan futbol ham o‘ta konservativ. Tarix shundog‘am konservativ. Futbol tarixi, demak o‘z nomi bilan shunaqa, mohiyat, shakl o‘zgargan bo‘lsa-da, o‘lchovlar o‘zgarmas ekan. Pele va Maradona bilan birga tilga olinmoqchimisiz, har eslanganda «lekin jahon chempioni bo‘lolmagan-da» degan qo‘shimchadan qutulmoqchimisiz, bugungi finalni yutishingiz shart!

Messiga aytyapman.

Qizig‘i, anchadan beri futbolchilarga jahon chempioni bo‘lish talabini qo‘ymayotgandik. Nechta futbolchi bor, Bekhem deysizmi, Figu, Azar, De Bryuyne, Runi, Raul, Badjo-yu Zlatan, ularning zo‘r futbolchi sifatida tan olamiz, undan zo‘ri bo‘lmagan paytlar ham bo‘lgan, muammosiz, ammo Messi va Ronaldu qarichni ancha keng olishdi, o‘z davri emas, ularning qarichi o‘sha elliginchi yillar, Pele porlagan paytlargacha uzaydi. Nimayam derdik, oson emas bu maydon ichida turmoq.

Men Messichi emasman. Ronalduchi ham emas. Lekin ular shu darajaga yetishdiki, hatto birining muvaffaqiyati ikkinchisini ham buyuklashtiradi - agar Messi jahon chempioni bo‘lsa, u futbol qirollaridan biriga, Ronaldu esa, mana shunday qirol bilan raqobat qila olgan buyuk shaxsga aylanib qoladi. Har ikkisi «katta davrda futbolning cho‘qqisida turib, lekin chempion bo‘lolmagan ikki omadsiz» ta’rifidan qutulishadi. Messi va Ronaldu odam-futbolchilardan alohida bir «tur», bugun Messi mana shu «tur»ni ham himoya qilib chiqadi.
Messining chempion bo‘lishi, demak  Ronaldu ham bemalol chempion bo‘la olardi, degan farazni isbotlab qo‘yadi. Shunaqa.

Ikki mamlakat, o‘nlab futbolchi maydonga tushadigan, balki butunlay boshqa nomlar hal qiladigan o‘yin oldida faqat Messini tilga olayotganimning sababi shu. Ayni damda Messi muhimroq, hammasidan kattaroq. Bugun oddiy final emas.

Fransuzlar va uning muxlislari xafa bo‘lishmasin. Ular chempionlikka albatta loyiq. Tarkibdan «Oltin to‘p» egasini chiqarib turib ham, finalgacha yetib kelish katta salohiyatdan darak beradi, qoyil. Ammo futbolning zarracha insofi bo‘lsa, shundoq ham to‘rt yil oldin chempionlikni yutgan bu jamoa katta tarixning muhim savoliga nuqta qo‘yilayotgan daqiqalarda xalaqit bermay turadi. Uzr.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 12:55, 18.12.2022.
O'qildi: 11254 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.