Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Aleksandr Xomyakov: «Ishonchni oqlash uchun maksimal darajada harakat qilaman»

Aleksandr Xomyakov: «Ishonchni oqlash uchun maksimal darajada harakat qilaman»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, “Andijon” klubiga rossiyalik Aleksandr Xomyakov bosh murabbiy etib tayinlandi. Mutaxassisni ilgari ham jamoani boshqarganini muxlislar yaxshi eslab qolishgan.

Aleksandr Andreevich hozirda yeng shimarib ishga kirishgan. Bosh murabbiylikka qaytgan Xomyakov dastlabki fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ishonchni oqlash uchun maksimal darajada harakat qilaman”

-  Birinchi navbatda viloyat xokimi Shuhratbek Qo‘shoqboyevichga va klub rahbariyatiga menga ishonch bildirishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, muxlislarga ham qo‘llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytaman. Bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qildim. Albatta, ularning ishonchini oqlash uchun maksimal darajada harakat qilaman.

“Turkiyada yig‘in o‘tkazishni reja qilganmiz”

-  Albatta, reja asosida ish olib boramiz. Dastlabki yig‘inni boshlab oldik. 28 dekabrgacha davom ettiramiz. Keyin yangi yil munosabati bilan qisqa ta’tilga chiqamiz. So‘ng yig‘inimizni Dukentda olib boramiz va u yerda 14 kunlik yig‘in davomida 3 ta nazorat bahslarida maydonga tushamiz. Navbatdagi yig‘inimizni xorijda Turkiyada o‘tkazishni reja qilganmiz. Mavsum oldidan bo‘ladigan tayyorgarligimizni qayerda o‘tkazishimizni hali aniqlaganimiz yo‘q. Bu taqvimdagi birinchi o‘yinimizni qayerda boshlashimiz bilan bog‘liq.

“Zamonaviy futbolda natija muhim”

-  Zamonaviy futbolda natija muhim sanalyapti. Pro ligada ishonchli o‘yinlari bilan vazifani bajarishdi. Hozir qanday futbol ko‘rsatganini aytish fursati emas. Natijalarni yaxshilash ustida ishlash kerak, chiroyli o‘yin unutiladi, natija esa qoladi.

“Kumikov qo‘llagan uslubni saqlab qolamiz”

-  Viktor Balyutovich tanlagan uslub natija keltirgan bo‘lsa, nima uchun yana shu uslub ustida ishlamaymiz? Albatta, ishlaymiz. Jamoa o‘zagini, uslubini saqlab qolgan xolda biroz qo‘shimchalar ham qilamiz, albatta. Asosiysi, Viktor Balyutovich qo‘llagan uslubni saqlab qolamiz. Chunki aynan shu yo‘nalishda yutdi va g‘olib bo‘ldi. Uning tajribalari va uslubi natija beradigan bo‘lsa, bundan albatta foydalanamiz.

“Kuchaytirish kerak bo‘lgan pozisiyalar bor”

-  Aytib o‘tganimdek, mening vazifam tarkib o‘zagini saqlab qolish. To‘g‘ri, pozisiyalar bo‘yicha ayrim o‘zgarishlar qilish kerak. Bu haqda Viktor Balyutovich bilan ham gaplashib olganmiz. Kuchaytirish kerak bo‘lgan pozisiyalar bor. Bu qaysi pozisiyalar ekanligini ochiqlamayman. Muammo bo‘lib turgan pozitsiyalarimiz bor, ularni jamoaga foydasi tegadigan sifatli o‘yinchilar bilan kuchaytirishga harakat qilamiz. Ro‘yxatimizdagi legionerlarni bosh direktor Ulug‘bek Abdusattorovich bilan maslahatlashamiz. Kerakli pozisiyalarga yaxshi saviyadagi legionerlarni olamiz, albatta.

“Muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etishga harakat qilamiz”

-  Yuqorida aytib o‘tganimdek, muxlislarning ishonchini oqlashga va muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etishga harakat qilamiz. Futbol bu muxlislar uchun. Buning uchun g‘alabali va sifatli o‘yinlarimiz bilan xursand qilamiz.

“Nazorat o‘yinlari rejalashtirilgan”

-  Dekabr oyidagi yig‘inda bitta, Dukentdagi yig‘inda esa 3 ta nazorat o‘yini rejalashtirganmiz. 9, 13 va 17 yanvar kunlariga mo‘ljallaganmiz. Sparting-raqiblarni keyinroq aniqlashtiramiz.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 00:59, 19.12.2022.
O'qildi: 1790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.