Argentina hukumati 20 dekabrni mamlakatning futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionatidagi g‘alabasi sharafiga milliy bayram kuni deb e’lon qildi.
Terma jamoa Buenos-Ayresga dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi yetib borishi kutilmoqda. Toshkent vaqti bilan soat 08.00da Argentina poytaxtida chempionlik paradi boshlanadi.
18 dekabr, yakshanba kuni Argentina terma jamoasi JCH-2022 finalida Fransiyani (3:3, penaltilar seriyasida – 4:2) mag‘lub etdi. Argentinaliklar 36 yil ichida birinchi marta jahon chempioni bo‘lishdi. Bungacha jamoa 1978 va 1986 yillarda jahon chempioni bo‘lgan.