Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Luka Modrich: «Futbolda qo‘rquvga o‘rin yo‘q!»

Luka Modrich: «Futbolda qo‘rquvga o‘rin yo‘q!»

Baho:
+ | -

Luka Modrich JCH-2022 chorak final bosqichi doirasidagi Braziliya bilan o‘tgan dramatik uchrashuvdan so‘ng El Chiringuito nashriga intervyu bergandi.

«Oltin to‘p»-2018 sohibi Qatardan turib barcha madridlik futbolchilaru «Real Madrid» muxlislariga salom yo‘llab, jahon chempionatini uyiga olib borishga umid qilayotganini yashirmadi.

- Terma jamoada ishlar qanday?

- Hamma juda xursand, lekin charchagan. Uchrashuvdan keyingi ikkinchi kun, ayniqsa har doim qiyin.

- Sizlar ajoyib kurashyapsiz...

- Bu bizning mentalitetimiz. Xorvatiya terma jamoasida o‘ynash - bu o‘zgacha hissiyot, uning libosini kiyish muqaddasdir.

- Penaltilar seriyasidan oldin darvozabon bilan gaplashganingizni ko‘rdik. Rodrigo qayerga urishini aytdingizmi?

- Yo‘q, yo‘q... Livakovichda o‘ziga bo‘lgan ishonch katta edi. Men unga faqat Kazemiro haqida aytdim, u qayerga urishini bilardim, ammo zarbasi juda yaxshi chiqdi.

- Siz yosh avlodga o‘rnak bo‘lasizmi?

- Buni ulardan va atrofimdagilardan so‘rash kerak. O‘zim haqimda gapirishni yoqtirmayman, lekin yonimdagilarga yordam berishga doim tayyorman.

- Argentinaning so‘nggi o‘yinidagi bahslar haqida qanday fikrdasiz?

- Hali ko‘rmadim, bor e’tiborimiz tayyorgarligimizga qaratilgan, qolgani esa bizni qiziqtirmaydi.

- Messining tayyorgarligi qanday ko‘rinmoqda?

- U Argentina terma jamoasi kabi ajoyib formada. Biz raqibni hurmat qilamiz, lekin undan qo‘rqmaymiz. Futbolda qo‘rquvga o‘rin yo‘q.

- Bunday aql bovar qilmas formani saqlab qolishingiz siri nimada?

- Hech qanday sir yo‘q, aniq bir narsani ayta olmayman. Faqat, har doimgidek shunday deyman: men tinimsiz mehnat qilaman va o‘zimni 100 foiz futbolga bag‘ishlayman.

- Hozirgi Xorvatiya terma jamoasida «Real» DNKsi bormi?

- Ishonchim komilki, shunday. «Madrid» har doim oxirigacha boradi va hech qachon taslim bo‘lmaydi, Xorvatiyada ham shunday. Bu mamlakat ko‘p narsalarni boshdan kechirdi, bizda o‘ziga xos xususiyat bor. Biz bilan sodir bo‘lganlarning bari bizga yordam beradi.

- Madridliklar Modrichning mundial uchun qo‘lidan kelganini qilishidan va mavsumning ikkinchi yarmiga kuch qolmasligidan xavotirda...

- Yo‘q, yo‘q, yo‘q... Ularning tashvishlanishiga hojat yo‘q, tiklanishim uchun dam olishga yetarlicha vaqtim bo‘ladi.

- Endi sizni turnirda ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlaydi.

- Ha, bu ajoyib, chunki Ispaniya mening ikkinchi vatanim. U yerda 10 yildan ortiq vaqtdan beri yashab kelyapman va ko‘plab qo‘llab-quvvatlashu tabriklarni qabul qilaman.

- Muxlislar ham «Real»dagi kelajagingiz haqida xabar kutishmoqda...

- Hozir bu haqda gapirishning vaqti emas. Men jahon chempionatidaman, bor e’tiborimni Xorvatiyaga qaratganman. Keling, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Hamma narsa haqida gapirishga vaqtimiz bo‘ladi, tashvishlanmang.

- Faoliyatingizni Madridda yakunlamoqchimisiz?

- Albatta xohlardim. Men buni ko‘p marta aytganman. Hozircha aniq bir narsa deb bo‘lmaydi, lekin bu mening orzuim.

- Muxlislarga kelajagingiz haqida gapirib bering.

- Tushundimki, bu mavzuni aniq javob olmaguncha tugatmoqchi emassiz, lekin hozir aytadigan gap yo‘q... Doxadan barchaga salom yo‘llayman va Xorvatiya termasini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat deyman. Tez orada ko‘rishamiz, umid qilamanki, bu jahon chempionati kubogi bilan birga bo‘ladi - bu aql bovar qilmaydigan bo‘lardi.

 MUHAMMADXON tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 20.12.2022.
O'qildi: 1965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик