Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

To‘polonni koreyslar boshlagandilar yoxud yana Mundial bezaklari haqida...

To‘polonni koreyslar boshlagandilar yoxud yana Mundial bezaklari haqida...

Baho:
+ | -

«IF»ning 13 dekabr kuni nashrdan chiqqan 98 (2002)-sonida JCH tarixidagi shov-shuvli natijalar haqida hikoya boshlagan va chinakam sensasiyalar guldastasini 1966 yili Angliyada Osiyo futboli vakili KXDR terma jamoasi boshlab berganini bayon etgandik. Bugun «katta to‘polon» turkumiga kiruvchi shov-shuvli yurishlarni o‘z ichiga olgan o‘sha maqola davomi bilan tanishamiz. Chunonchi, avvalgi mundiallarga bezak qo‘shgan mo‘’jizaviy natijalar yetarlicha topiladi.

JCH-90 (Italiya) Sensasiya muallifi: Kosta-Rika terma jamoasi

Italiyada Kamerun termasi katta «to‘polon» ko‘targani haqida yozgandik. Afrika vakilidan ilhomlangan JCH debyutanti Kosta-Rika termasi ham o‘sha mundialda chakki taassurot qoldirmagandi. Kamerun jamoasi tarkibi taniqli futbolchilardan shakllangan bo‘lsa, Bora Milutinovich yarim havaskorlar bilan kifoyalangandi. Ya’ni jamoa safida Italiyaga taksi haydovchisi, shakarqamish plantasiyasi ishchisi kabi turli kasb egalari futbolchi maqomida tashrif buyurishgandi. Yugoslaviyalik murabbiy drujinasi avvaliga Braziliya termasiga istar-istamas yutqazadi (0:1), ke­yin Shotlandiya (1:0) va Shvesiya (2:1) jamoalarini mahv etib, nimchorak finalga chiqadi. To‘g‘ri, Kosta-rikaliklar shu nuqtada to‘xtashadi - Chexiya termasiga bas kelolmaydilar (1:4). Fakt shuki, Kosta-Rikada o‘sha jamoa hamon afsonaviy drujina sifatida o‘zgacha qadrlanadi.

JCH-94 (AQSH) Sensasiya mualliflari: Bolgariya, Saudiya Arabistoni va Shvesiya terma jamoalari

Diqqat, Saudiya Arabis­toni terma jamoasi o‘zi uchun dastlabki mundial eshigini doimiy ishtirokchilardek qattiq tepib ochgandi. Arablar AQSHda Dik Advokaat boshqaruvidagi niderlandlarga so‘nggi daqiqalarda qo‘yib yuborilgan gol tufayli imkoniyatni boy beradilar, Marokash (2:1) va Belgiya (1:0) termalarini mahv etadilar. Said al Ovayranning fantastik goli nafaqat Belgiya, balki butun futbol olamini hayratdan yoqa ushlashga majbur qilgandi. Yakunda Xorxe Solari jamoasi Niderlandiya termasi bilan teng ko‘rsatkich qayd etgan holda «pley-off»ga chiqadi. Biroq boshqa bir sensasiyachi - Shvesiya termasi saudlar parvoziga chek qo‘yadi. Shvedlar «pley-off»ga Rossiya (3:1), Kamerun (2:2) va Braziliya (1:1) termalariga qarshi mazmunli o‘yinlar samarasi o‘laroq yo‘l olishgandi. Skandinavlar keyin Saudiya Arabistoni termasini 3:1 hisobida dog‘da qoldirishadi. Ruminlarga qarshi bahsda esa 78-daqiqagacha 0:0 hisobini saqlab qolishadi, «overtaym» yakunida tabloda 2:2 natijasi porlaydi va penaltilar seriyasida omad shvedlarga kulib boqadi. Shu tariqa Shvesiya termasi yarim finalga chiqadi va 1 kun ko‘proq dam olgan Braziliya jamoasi bilan to‘qnashadi. 63-daqiqada Yunas Tern maydondan chetlatilgach, braziliyaliklar bosimni kuchaytirishadi va yakunda g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishadi. 3-o‘rin uchun bahsda esa shvedlar Roberto Badjo qayd etgan «dubl» tufayli finalga chiqolmagan Bolgariya termasiga duch kelishadi. Turnirga Nigeriya termasidan qabul qilingan yirik hisobli (0:3) mag‘lubiyat bilan kirishgan Dimitar Penev shogirdlari 2-turda Gresiya (4:0), keyin Diyego Simeone, Gabriel Batistuta va Klaudio Kanidja kabi ijrochilari bor Argentina (2:0) termalarini mahv etishgandi. Bunda 2ta o‘yin­da 3ta gol urgan Xristo Stoichkovning hissasi katta. Bolgarlar ilk «pley-off»da penaltilar seriyasi bo‘yicha Meksika termasi to‘sig‘idan o‘tishadi va g‘alabadan ilhomlangan holda yanada kuchliroq shov-shuv ko‘tarishadi - yarim final ostonasida bundestimni dog‘da qoldirishadi. Vaholanki, 75-daqiqaga qadar nemislar hisobda oldinda borishgandi. Yakunda Xristo Stoichkov va Yordan Lechkovning gollari yarim final chiptasini Bolgariya tomon «yumalatadi». Italyanlar g‘alabalari bilan yakunlangan yarim finaldan ke­yin, 3-o‘rin uchun kechgan bahsda esa Bolgariya termasi shvedlarga ham bas kelolmaydi.

JCH-98 (Fransiya) Sensasiya muallifi - Xorvatiya terma jamoasi

Bu jamoa o‘z yurishini aynan 1998 yili boshlagan va bir urinishda 3-o‘rinni egallagandi. O‘shanda Xorvatiyaning mustaqillikka erishganiga endi  7 yil bo‘lgandi. «Shunchaki, futbolchilardagi yuksak vatanparvarlik fazilatidan foydalangandim. O‘sha payt Xorvatiya keng doirada notanish mamlakat edi va mundialdagi ishtirokka butun dunyoga ovoza bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdek qaraganmiz. Buni yigitlarga tushuntirish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmagandi», - degandi jamoa bosh murabbiyi Miroslav Blajevich keyinroq. Xullas, xorvatlar guruhda Yamayka» (3:1) va Yaponiya (1:0) termalaridan ustun kelishadi va argentinaliklarga qarshi 3-o‘yin (0:1) shunchaki, rasmiyatchilikka aylanadi. «Mitti» jamoani chinakamiga terlashga majbur etgan uchrashuvlar esa «pley-off» bosqichidan boshlanadi: ruminlar minimal hisobda dog‘da qoldiriladi, bundestim darvozasiga 3ta javobsiz gol uriladi. Shiddatli tezlikka erishgan bolqonliklarni yarim finalda fransiyalik Lilian Tyuramgina to‘xtatib qoladi - 2:1. Qizig‘i, milliy jamoasi safida 142 marta maydonga tushgan Lilian o‘sha kuni debyut goliga qoniqmay, «dubl»ni nishonlagandi. Xorvatlar yakunda bronza medaliga ega chiqishadi - Robert Prosinechki va Davor Shukerning gollari Niderlandiya termasini yengish uchun kifoya qiladi (2:1). «Mamlakat tantanaga burkangan bo‘lsada, ma’yus kayfiyatda edim. Agar o‘shanda hozirgi tajribam bo‘lganida, chempionlikni nishonlarmidik...?» - dedi Blajevich 2018 yili JCH-98ni esga olib.

Sodiq RAHMON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:40, 27.12.2022.
O'qildi: 1247 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.