Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Shohruz Norxonov: «Navbahor» tarkibida chempion bo‘lmoqchiman»

Shohruz Norxonov: «Navbahor» tarkibida chempion bo‘lmoqchiman»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun tajribali hujumchi Shohruz Norxonov "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng, futbolchi klub matbuot xizmati uchun qisqacha intervyu berdi. Quyida mazkur suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

– Shohruz, “Navbahor”ga xush kelibsiz? Jamoamizga sizni kim taklif qildi?
— Assalomu alaykum. Tabrik uchun rahmat. Meni “Navbahor”ga klub prezidenti Otabek Arifovich Samatov va jamoa bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan taklif qilishdi. Ushbu taklifni ikkilanmay, qabul qilib, jamoa bilan shartnoma imzoladim.

— “Navbahor” taklifini qabul qilishingizga nima sabab bo‘ldi?
— Jamoa safiga qo‘shilishimdan asosiy maqsad, yangi mavsumda “Navbahor” tarkibida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritish. Xudo xohlasa, 2023 yilgi mavsumda “Navbahor” o‘zi ishtirok etadigan 3 ta front, ya’ni, Coca Cola Superligasi, O‘zbekiston kubogi hamda Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) “pley-off” bahslarida muvaffaqiyatli tarzda qatnashib, O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibiga aylanadi, OCHLda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladi, degan umiddaman.

— Jamoamiz muxlislari borasida nima deya olasiz?
— Albatta, “Navbahor” muxlislari bilan ham tanilgan klub hisoblanadi. Bungacha o‘ynagan jamoalarim o‘yinlariga Namangandagi singari ko‘p ishqibozlar tashrif buyurishmagan. “Navbahor”ga o‘tishimda ushbu omil, ya’ni, Namangan futbolsevarlar viloyati ekanligi, “Navbahor” ko‘plab muxlislarga egaligi ham muhim rol o‘ynadi. Bo‘lajak mavsumda jamoamiz ishqibozlarini o‘z g‘alabalarimiz bilan xursand qilamiz, degan umiddaman.     

Shohruz Norxonov – 1993 yil, 13 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Futbol bilan 8 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.
Birinchi murabbiyi: Doniyor Murodov.
Ampluasi: hujumchi.
Toshkentdagi 2—BO‘SMda tahsil olgan.
Futbolchilik faoliyati: “Oq—tepa” (Toshkent, 2012—2013 yillar), “Istiqlol” (Toshkent, 2014 yil), “Obod” (Toshkent, 2015—2016 yillar), “Bunyodkor” (Toshkent, 2017 yil), “So‘g‘diyona” (Jizzax, 2018—2022 yillar).
2023 yildan “Navbahor”da.
Oilali. Ikki farzandning otasi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:59, 05.01.2023.
O'qildi: 1247 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик