Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anri Belgiya terma jamoasini boshqarishga tayyor ekanligini bildirdi

Anri Belgiya terma jamoasini boshqarishga tayyor ekanligini bildirdi

Baho:
+ | -

Fransiyaning afsonaviy hujumchisi, hozirda murabbiy bo‘lib ishlayotgan Tyerri Anri Belgiya terma jamoasining yangi murabbiyi bo‘lmoqchi. Bu haqda HLN nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, mutaxassis allaqachon Belgiya futbol federasiyasi rahbariyatini terma jamoani boshqarishga tayyor ekanligi haqida xabardor qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tyerri bungacha terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Roberto Martinesning yordamchisi bo‘lib ishlagan. Ispaniyalik mutaxassis Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022dagi muvaffaqiyatsiz o‘yinidan so‘ng ishdan bo‘shatildi.

Anri klub darajasida bosh murabbiy sifatida tajribaga ega. Fransiyalik mutaxassis “Monako” va “Monreal” klublarini boshqargan.

Kiritildi: 12:18, 06.01.2023.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.