Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Klopp: "Bizni yangi murabbiy qo‘l ostida yaxshilanishga erishayotgan raqibga qarshi qiyin o‘yin kutib turibdi"

Klopp: "Bizni yangi murabbiy qo‘l ostida yaxshilanishga erishayotgan raqibga qarshi qiyin o‘yin kutib turibdi"

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Vulverxempton"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Angliya kubogi 3-tur uchrashuvi haqida gapirdi. Uchrashuv bugun tunda bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

"Bugun bizni yangi murabbiy qo‘l ostida sezilarli yaxshilanishni ko‘rsatayotgan raqibga qarshi yana bir qiyin o‘yin kutib turibdi. Xulen Lopetegi juda tajribali murabbiy.

Men Xulenni "Enfild"ga tashrif buyurishi bilan qutlayman va unga ingliz futbolidagi o‘z faoliyatini davom ettirishi uchun eng yaxshi tilaklarimni tilayman, bu tajribani men bir necha yil avval Premyer-ligaga kelganimdan beri yaxshi bilaman. Albatta, men Xulenning yordamchilarini, shuningdek, “bo‘rilar” futbolchilari, rahbariyati va tarafdorlarini ham tabriklayman.

O‘tgan may oyida "Uembli" stadionida g‘alaba qozonganimizdan beri Angliya kubogida birinchi marta o‘ynadik. O‘sha kunning xotiralari bizda abadiy qoladi, ammo endi biz yangi xotiralarni yaratmoqchimiz. Futboldagi barchaga ma’lumki, Angliya kubogi juda o‘ziga xos musobaqadir. Boshqa barcha ishtirokchilar kabi biz ham imkon qadar uzoqqa borishni xohlaymiz, shuning uchun harakat qilaylik", - dedi Klopp "Liverpul" rasmiy saytiga.

Kiritildi: 16:14, 07.01.2023.
O'qildi: 1368 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик