Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Anchelotti: «Real» hozir yaxshi formada emasligi — kutilgan holat»

Anchelotti: «Real» hozir yaxshi formada emasligi — kutilgan holat»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya superkubogi yarim final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan «Valensiya»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Klubimiz uchun sovrinlar muhim ahamiyatga ega. O‘tgan mavsumda ushbu musobaqadagi g‘oliblik jamoamizga ishonch bag‘ishlab, kurashish uchun ishtiyoqni oshirgandi. Bu safar ham shunday bo‘ladi, deb umid qilaman. Uyga sovrin bilan qaytish uchun «Valensiya»ga qarshi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish kerak.

Mavsumning ushbu bosqichida yaxshi formada bo‘lmasligimiz — kutilgan holat. Ammo mashg‘ulotda olgan xulosalarim — ijobiy. «Vilyarreal»ga qarshi o‘yin meni hayron qoldirdi. Men boshqa jamoani ko‘rdim. Biz barchasini to‘g‘ri bajarishimiz kerak, jumladan, himoyada yuqori darajada o‘ynashimiz shart.

Biz har bir sovrin uchun kurashishimiz shart. Faqat shu haqida o‘ylaymiz. Uni qo‘lga kiritish uchun barcha choralarni ishga solishimiz zarur. Maqsadimiz — Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritish. Hozircha keyingi maqsadlar haqida o‘ylamayapmiz», – dedi Karlo Anchelotti.

Manba: footballhd.ru
Kiritildi: 22:31, 10.01.2023.
O'qildi: 2311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик