Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Nodirbek To‘ychiyev: "Yana hammani lol qoldiramiz"

Nodirbek To‘ychiyev: "Yana hammani lol qoldiramiz"

Baho:
+ | -

“Andijon”ning yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgani bilan bir qatorda bizning fan-klub ham allaqachon 2023 yilgi chempionat uchun tayyorgarlik rejalarini ishlab chiqmoqdalar.

“Andijon” muxlislari O‘zbekistonda birinchi raqamli ekanligi barchaga yaxshi ma’lum. Ayniqsa, sevimli jamoamizni qo‘llab-quvvatlashda ijodkorlik, yangidan-yangi qo‘llab-quvvatlov va performanslarni tayyorlashda bizning fan-klubga teng keladigani yo‘q.

Jamoani Superligada ham qay tarzda qo‘llashini tasavvur qilish qiyin emas. Shubhasiz, bu yil “Andijon” klubi ishqibozlari yana eng zo‘ri bo‘ladi. Shuning uchun Nodir To‘ychiyev boshchiligidagi fan-klub a’zolari yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni boshlamoqda. Chunki andijonliklar sevimli jamoasini Superligada ko‘rishni sog‘inishgan.

Fan-klub o‘tgan yili pro ligada muxlislik qilishni “yondirdi”, endi Superligada qanaqa bo‘ladi? Bu masalada Nodir To‘ychiyev “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:  

"Biz jamoamizni Superligada ham qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “yondiramiz”. Buning uchun juda qiziqarli yangiliklarga qo‘l uramiz. O‘zimizni fan-klub kanalimiz bor. U yerda hammasini e’lon qilib boramiz.

Yaqinda fan-klubga a’zo bo‘lishni istaganlar uchun e’lon beramiz. Chempionat boshlanguniga qadar har haftada bir martadan muxlislar yig‘ilib, tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Har bir keladigan muxlisni ro‘yxatga olib, belgilab boramiz. Oldin kelganman deb yoki boshqa sabablar bilan kelmaydiganlarni a’zolik uchun qabul qilmaymiz. Yil davomida fan-klubimizga a’zo bo‘ladiganlardan kerak bo‘lsa sodiqligini bildirish uchun “qasamyod” qildirib olamiz.

Fan-klubga a’zo bo‘lganlar sharf, forma, kepkalarni qabul qilib olib, keyin boshqa sektorlarga o‘tib ketadigan bo‘lishsa ham bu bizga to‘g‘ri kelmaydi. Biz asosan sodiq, ashaddiy va faol ishqibozlarni qabul qilamiz. Chunki o‘tgan yili ham, oldingi yillari ham ko‘rdikki, fan-klubga a’zo bo‘lib, keyin boshqa sektorlarga o‘tib ketishgan. Bu yil endi bunday bo‘lmaydi.

Doimiy ravishda faolligi bilan ajralib turadigan muxlislarimiz uchun o‘ziga yarasha imtiyozlar ham beriladi. Biz yangi mavsum uchun ko‘radigan tayyorgarligimizda yangidan-yangi qo‘shiq, krichalkalarni yodlab, qanday muxlislik qilishni o‘zlashtirib boramiz.

Yangi mavsumda “Andijon” jamoamizni qanday olqishlashimizga stadionda guvoh bo‘lasizlar. Biz bu borada yana hammani lol qoldiramiz”, - deydi To‘ychiyev.  

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:56, 19.01.2023.
O'qildi: 1265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.