Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

APL tarixidagi tezkor startlar. "Arsenal" yangi rekord o‘rnatdi, ammo Mikel Arteta bu bilan qayoqqacha bora oladi?

APL tarixidagi tezkor startlar. "Arsenal" yangi rekord o‘rnatdi, ammo Mikel Arteta bu bilan qayoqqacha bora oladi?

Baho:
+ | -

"Arsenal" kecha "MYU"ga qarshi mavsumdagi 19-o‘yinini o‘tkazdi. Bu degani, jamoa uchun mavsumning qoq yarmi ortda qoldi. "To‘pchilar" 2022-23 yilgi mavsumda bor-yo‘g‘i 7 ochko yo‘qotdi. "Manchester Yunayted"ni yutish orqali esa, londonliklar yetakchilikni 5 ochkogacha oshirib, zaxirada bitta o‘yin ushlab qola oldi. Mikel Arteta shogirdlari "Arsenal"ning eng yaxshi mavsumi bo‘lmish "engilmaslar" davridagiga qaraganda ko‘p ochko jamg‘arib turibdi. O‘shanda, 2003-04 yili Arsen Venger bilan "Arsenal" 19 o‘yinda 45 ochko yig‘gandi. Ammo butun mavsum jamoa uchun mag‘lubiyatsiz yakunlangan (12 ta durang, 26 ta g‘alaba). Joriy yili esa bu jamoa 19 o‘yinda 50 ochko jamg‘arib, chempionlikka eng asosiy da’vogar ekanini ko‘rsata oldi. Quyida APL tarixidagi 19 o‘yinda to‘plangan ochkolar rekordini ko‘rib chiqamiz.

"Sky Sports"ga ko‘ra, "Arsenal" o‘zining eng yaxshi natijasini qayt etgani bilan, umumiy jadvalda 5-o‘rinda qayd etiladi. Shubhasiz, "Manchester Siti" ulardan oldinda. Pep Gvardiola 2017-18 yilgi mavsumda "shaharliklar bilan 19 o‘yinda 55 ochko jamg‘ara olgan. Mavsum so‘ngida esa 100 ochko bilan chempionlikni tantana qilgan. Ushbu natija 2019-20 yilgi mavsumda ham qayd etilgandi. O‘shanda Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" 19 o‘yinda 55 ochko to‘play olgandi. Mavsum oxiriga borib, mersisaydliklar o‘zining 30 yildagi ilk chempionligini nishonlaydi. So‘ngi natija esa 99 ochko bilan yakun topadi.

Yuqoridagi natijalardan keyingi pog‘onani Joze Mourinyoning o‘tmishdagi "Chelsi"si qayd etgan. Portugaliyalik 2005-06 yilgi mavsumda 91 ochkolik rekord bilan "Chelsi"ni chempionga aylantiradi. Shuningdek, "Arsenal"ning ayni damdagi rekordidan yana bir natija ustunroq turibdi. U ham bo‘lsa, "Liverpul"ning 2018-19 yilgi natijasidir. Klopp chempionlikdan bir yil oldin ham katta tezlik bilan ochkolar yig‘a boshlaydi. 19 o‘yinda 51 ochko jamg‘argan "yirtqich" "Liverpul", 38 turga qadar intriga bilan bordi. Ammo "Manchester Siti" kichik farq bilan chempionlikni ilib ketadi. Yakuniy jadvalda "shaharliklar" 98 ochko bilan 1-o‘rinni, "Liverpul" esa bir ochko kam to‘plab, ikkinchi pog‘onani band etadi.

Hali, ko‘plab savollar ochiqligicha qolmoqda. Shunga qaramay, ko‘plar "Arsenal"ning chempionligini istaydi. Agarda bu voqea yuz bersa, "kanonirlar" so‘nggi ikki dekadada ilk marta Angliyada zafar quchgan bo‘ladi. Bu uchun esa Arteta o‘z ustozi bo‘lgan Gvardiolani yana ikki bor mag‘lub etishi kerak.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:39, 23.01.2023.
O'qildi: 2274 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.