Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Euro XI. Yevropada eng ko‘p gol va assist qayd etib turgan futbolchilar o‘n birligi

Euro XI. Yevropada eng ko‘p gol va assist qayd etib turgan futbolchilar o‘n birligi

Baho:
+ | -

Hujumkor futbolchilar odatda gol uradi yoki golga assistentlik qiladi. Ammo ayni damda "Barselona", "PSJ" va "Manchester Siti" kabi top jamoalarning futbolchilari har ikkisini ham ajoyib ravishda eplamoqda. Hozir, "Transfermarkt" portali ma’lumotlaridan foydalangan holda kuchli beshlik chempionatlarining eng yaxshilarini ko‘rib chiqamiz.


11. Xvicha, "Napoli", – 16 ta

"Napoli" Italiyada o‘zgacha to‘lqin yasadi. Bunda yozda "Rubin"dan xarid qilingan Xvichani alohida ta’kidlash kerak. Uning harakatlari bilan neopolliklar A seriyada yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

10. Kolo Muani, "Ayntraxt" – 16 ta

"Ayntraxt"da Kolo Muanining o‘yinlarini kuzatish barchaga zavq bag‘ishlamoqda. Fransuz futbolchisi Germaniyaga yozda, "Nant" tarkibidan kelgandi. Hozirda u 5 ta gol va 11 ta assist bilan jamoasini olg‘a boshlamoqda.

9. Jamal Musiala, "Bavariya" – 16 ta

19 yoshli futbolchi Londondan olib kelingandi. Levandovski ketganidan keyin, Musiala katta o‘sishga erishdi. Germaniya terma jamoasi a’zosi hisobida 15 ta o‘yindan keyin 9 gol va 7 assist mavjud.

8. Jonatan Devid, "Lill" – 16 ta

Kanadalik hujumchi mavsumni o‘ta ko‘tarinki o‘tkazmoqda. Uning hisobida esa 19 ta o‘yindan keyin 12 ta gol va 4 ta assist mavjud. Uning jamoasi bo‘lgan "Lill" esa Fransiyada 6 ta o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramadi. Bu jamoa mavsum oxirida kuchli to‘rttalikka kirishni maqsad qilgan.

7. Ayvan Touni, "Brentford" – 16 ta

Angliya terma jamoasi a’zosi o‘zini gollar urishdan tiya olmayapti. "Arilar" hujumchisi hozirga qadar 13 ta gol urishga erishdi. Tounining assistlari soni esa 3 taga teng.

6. Xarri Keyn, "Tottenxem" – 16 ta

Ha, u norvegiyalik gol mashinasi emasligi rost. Ammo hammamiz Keyn nimalarga qodir ekanini bilamiz. "Tottenxem" hujumchisi 15 ta va 1 ta assistga erishdi. Bu orqali u har o‘yinda o‘rtacha 0,75 ta gol urmoqda. Agarda u bo‘lmaganida, Keyn jamoasiga qiyin bo‘lardi.

5. Viktor Osimxen, "Napoli" – 17 ta

"MYU" yaqin kunlarda Osimxen uchun "sovchi" jo‘nata boshlagan edi va bu bekorga emas. Chunki "Napoli" mavsumni fantastik o‘tkazmoqda va buning asosida Osimxen yotibdi. 24 yoshli nigeriyalik 13 ta gol va 4 ta assist bilan jamoasida yetakchi bo‘lib turibdi.

4. Robert Levandovski, "Barselona" – 17 ta

Garchand "Bavariya"ni tashlab, "Barsa"ga kelgan bo‘lsada, Levandovski darajasida tushish bo‘lmadi. Natijalarida ham. U mavsum davomida 13 ta gol va 4 assistni rasmiylashtirib, ulgurdi. Polsha terma jamoasi a’zosini to‘xtatadigan kuch esa, topilmayapti.

3. Lionel Messi, "PSJ" – 18 ta

Messining "PSJ"dagi birinchi mavsumini unutinglar. U hozir Jahon chempioni va parijliklar yetakchisidir. Messi 8 ta gol va 10 assistni rasmiylashtirishga ulgurdi.

2. Neymar, "PSJ" – 21 ta

Neymar o‘tgan yozda Mbappe sabab jamoadan ketishi mumkin edi. Ammo bunday bo‘lmadi. Braziliya terma jamoasi a’zosi bu ishga ajoyib tarzda javob bera oldi. Neymar 17 ta o‘yinda 11 ta gol va 10 assistga mualliflik qilib ulgurgan.

1. Erling Xoland, "Manchester Siti" – 28 ta

Hali yanvar bo‘lishiga qaramasdan, jurnalistlar Xolandning APLdagi debyut mavsumi haqida tinmay gapirishmoqda. Norvegiyalik Angliyani titratib tashladi. Yarim mavsumda 25 ta gol va 3 ta assist hammasini ifoda eta oladi. Rekordlarni-ku, gapirmasa ham bo‘ladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 20:10, 24.01.2023.
O'qildi: 2333 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.