Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Andijon»ning bugungi raqibi — «Chiksereda» haqida

«Andijon»ning bugungi raqibi — «Chiksereda» haqida

Baho:
+ | -

Turkiyaning Antaliya shahrida qishki tayyorgarligining uchinchi bosqichini o‘tkazayotgan «Andijon» oldindan reja qilinganidek, 31 yanvar kuni Ruminiyaning “Chiksereda” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu andijonliklarning Antaliyadagi ilk o‘yiniga aylanadi.

Xo‘sh, ilk raqib – “Chiksereda” haqida nimalarni bilamiz? Tabiiyki, muxlislarimiz ham bu borada kengroq ma’lumot olish istagidalar.

Aslida jamoaning to‘liq nomi “Chiksereda Merkurya Chuk” deb nomlanadi. 1904 yilda tashkil topgan. Ruminiyada Liga-2 chempionatida qatnashadi. Bu o‘zimizning pro liga kabidir. Birinchi raqamli musobaqasi Liga-1.

Ruminiya Liga-2 musobaqasida jami 20 ta klub ishtirok etadi. “Andijon”ning bo‘lajak raqibi turnir jadvalida 20 ta klub orasida 7-o‘rinda boryapti. Bu jamoa 4 yildan buyon Liga-2 vakili bo‘lib kelmoqda.

Raqibimiz haqida eng muhim ma’lumot shundaki, yaqinda jamoada yangi bosh murabbiy ishga kirishdi. Germaniyalik Verner Byorger “Chiksereda” ustozi sifatida faoliyatini boshladi. U shu yilning 23 yanvar kuni rasman bosh murabbiy etib tayinlandi. 1958 yilning 23 aprel kuni Germaniyaning Konstans shahrida tavallud topgan. Byorgerning oxirgi jamoasi Shotlandiyaning “Dandi Yunayted” jamoasi hisoblanadi. U yerda murabbiylar shtabida ishlagan. Oradan bir necha mavsum o‘tganidan keyin Verner “Chiksereda” taklifini qabul qildi.

Germaniyalik mutaxassisdan avval Ruminiya klubini mahalliy murabbiy Barna Bayko boshqarib kelayotgandi. Ammo u o‘z joyini nemis mutaxassisiga bo‘shatib berganiga qaramay, “Chiksereda”ning murabbiylar shtabida ishlashda davom etyapti.

Klub uy o‘yinlarini “Municipal Miercurea Ciuc” stadionida o‘tkazadi. Bu kamtarona o‘yingoh bo‘lib, o‘z bag‘riga 2000 ming muxlisni sig‘diradi.

Klub yetakchisi va sardori – bu vengriyalik David Kelemen. O‘z vaqtida Vengriya U-21 terma jamoasida 11 ta o‘yinda maydonga tushgan. 2022 yilning iyul oyidan beri “Chiksereda” uchun to‘p surib kelmoqda. 31 yoshli futbolchi 2022\2023 yilgi mavsumda hozirgacha 13 ta o‘yinda maydonga tushgan va bir bor sariq kartochka bilan siylangan.

Darvoqe, Kelemen markaziy himoya pozisiyasida harakat qiladi.

Shuningdek, jamoaning yana bir muhim futbolchilaridan biri 30 yoshli hujumkor o‘yinchi Loran Kovach. U ham vengriyalik hisoblanadi va hozirgacha 16 ta bellashuvda 7 ta gol urgan holda jamoasining to‘purari bo‘lib turibdi. Aytishlaricha, uning chap oyoqda beradigan zarbalari kuchli. Aynan ushbu futbolchi “Chiksereda”ning eng qimmat o‘yinchisi sanaladi. Transfermarkt portalida uning bahosi 200 ming yevro.

“Chiksereda” tarkibida ko‘plab legionerlar bor va ularning aksariyati Vengriyadan. Shuningdek, Ispaniya, Marokash, Sloveniya, Misr, Slovakiya, Italiyadan kelgan legionerlar ham bor. Jamoaning o‘rtacha yoshi esa 23,8 ni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” hamda “Chiksereda” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun (31 yanvar) Belekda mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da boshlanadi. Toshkent vaqtiga esa 18:30 ga to‘g‘ri keladi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:58, 31.01.2023.
O'qildi: 1298 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.