Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Andijon» uchun strategik rivojlanishning turkcha modeli: «Antalyaspor» bilan hamkorlik nima beradi?

«Andijon» uchun strategik rivojlanishning turkcha modeli: «Antalyaspor» bilan hamkorlik nima beradi?

Baho:
+ | -

Futbol akademiyasi bilan tanishib chiqqanimizdan keyin bosh menejer Ferda Ramanli jamoamiz delegasiyasini “Antalyaspor” stadioniga boshladi. "Corendon Airlines Park Antalya Stadium" muhtasham arenalardan biri sifatida yorqin taassurot qoldirdi.

Stadion 2015 yilda ochilgan bo‘lib 32 539 nafar tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Ushbu arena qurilishi uchun 103 million turk lirasi sarflangan. Maydon holati ideal darajada. Stadionning ichki va tashqi ko‘rinishi jamoaning ramziy ranglari – oq va qizilga burkangan.

Stadionning ichki ko‘rinishida, ayniqsa, raqib jamoa a’zolari kirib kelish yo‘lakchalarida turli yozuvlarni ko‘rish mumkin. Ular psixologlar bilan maslahatlashgan va futbolchilarni ruhlantirish uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jumlalarni yozilgan.

Stadion direktori Mitat Ridan yordamida seminar xonalari, matbuot anjumani va kiyinish xonalari tanishib chiqildi. Kiyinish xonasida katta ekran bo‘lib, birinchi bo‘limdan keyin o‘yin tahlili uchun darhol ekranda namoyish etiladi va murabbiylar tomonidan futbolchilarga shunga qarab qo‘shimcha ko‘rsatmalar beriladi. Darvoqe, kiyinish xonasining orqa qismida kattaroq bo‘lgan alohida yana bir xona bor bo‘lib, u yerda futbolchilar shug‘ullanishi uchun sharoit yaratilgan.

Stadionda quyosh batareyalaridan foydalaniladi. Ahamiyatlisi, muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda qurilgan birinchi stadion hisoblanadi va quyosh panellari bilan ishlaydigan dunyodagi eng katta stadiondir. Arxitektura ko‘rinishida ham bu o‘zgacha tarzda yaratilgan.

Matbuot anjumani xonasida “Andijon” klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev “Antalyaspor” bosh menejeri Ferda Ramanliga jamoamiz libosini topshirdi. Shuningdek, klub bosh skauti Adnan Gulekka “Andijon” klubining vipmeli berildi. Shu bilan birga janob Ramanli ham “Andijon” klubi bosh direktoriga esdalik sovg‘alarini topshirdi. Bunday tanishuv amaliyoti ikki tomon uchun ham juda foydali ekanligini alohida ta’kidlash o‘rinli.

“Antalyaspor”da marketing yo‘nalishidagi ishlar ham ko‘ngildagidek. Stadon yonida klub do‘koni joylashgan. U yerda klub futbolkalari, sharf, kepka, umuman jamoa emblemasi joylashtirilgan yana boshqa kiyim-kechaklar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 12:23, 02.02.2023.
O'qildi: 1103 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.