Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Andijon» bugun RPL jamoasiga qarshi maydonga tushadi

«Andijon» bugun RPL jamoasiga qarshi maydonga tushadi

Baho:
+ | -

«Andijon»ning Antaliyadagi yig‘ini doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvi 3 fevral kuni Voronejning “Fakel” klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ushbu jamoa Rossiya premyer-ligasida 13-o‘rinda boryapti.

12 yanvardan “Fakel” Antaliyadagi yig‘inini boshlagan. Dastlab Serbiyaning “Spartak Subotisa” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Navbatdagi o‘yinini Serbiyaning yana bir klubi – “Grafichar”ga qarshi o‘tkazdi. Akbashev va Yershovning gollari evaziga “Fakel” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

30 yanvar kuni uchinchi nazorat uchrashuvida Bolgariyaning “Slaviya” jamoasi bilan bellashdi. Avvaliga Akbashev 5-daqiqada hisobni ochdi. Dimitirov 57-daqiqada muvozanatni tiklaganiga qaramay, Markov 68-daqiqada “Fakel”ni yana hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1. Ushbu natija uchrashuv oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

3 fevral kuniga “Fakel” ikkita o‘yin rejalashtirgan. Dastlab «Andijon» bilan, so‘ngra kunning ikkinchi yarmida “Chayka” klubiga qarshi maydonga tushadi.

“Fakel” klubini rossiyalik 47 yoshli mutaxassis Dmitriy Anatolyevich Pyatibratov boshqarib kelmoqda. U bosh murabbiy sifatida 2022 yilning 18 sentyabridan ish boshlagan. Aslida Pyatibratov “Fakel”da 2020 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelyapti. Bungacha murabbiylar shtabida ishlab kelgan. Aytish lozimki, u bosh murabbiy sifatida “Fakel”da debyutini boshlagan.

“Andijon” – “Fakel” jamoalari ishtirokidagi uchrashuv 3 fevral kuni, Belekdagi “Titanik Deluxe Football Center” stadionida mahalliy vaqt bilan 11:30 da boshlanadi. Toshkent vaqtiga 13:30 ga to‘g‘ri keladi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:43, 03.02.2023.
O'qildi: 992 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.