Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

APL. Yanvarning eng yaxshi xaridlaridan tuzilgan ramziy terma jamoa: Keylor Navas, Enso Fernandes, Jorjinyo...

APL. Yanvarning eng yaxshi xaridlaridan tuzilgan ramziy terma jamoa: Keylor Navas, Enso Fernandes, Jorjinyo...

Baho:
+ | -

Yanvar davomida APL klublari jami 815 million funtni transferlar uchun sarf etishdi. Ushbu qiymatning uchdan bir qismi "Chelsi"ga tegishlidir. Bu jamoa sakkizta futbolchiga jami 326 millionni qurban qilgan. Quyida barcha xaridlardan eng yaxshilarini tanlab oldik va ularni ramziy terma jamoaga kiritdik.

Darvozabon: Keylor Navas – "Nottingem"

36 yoshli futbolchi Parijdan tashrif buyurdi. "Nottingem" uni mavsum oxiriga qadar ijaraga olgan. Navas faoliyati davomida uch bor YECHLni yutgan. Uning hisobida yana uchta mamlakat chempionligi ham mavjud. Endilikda u Din Xenderson o‘rnini to‘ldirishga harakat qiladi.

Qanot himoyachisi: Pedro Porro – "Tottenxem"

Ispaniya terma jamoasi a’zosi yanvarning so‘nggi kunida ko‘chishni amalga oshirdi. Sal qolsa, transfer barbod bo‘lishi ham mumkin edi. Ammo "Tottenxem" iroda ko‘rsatdi va futbolchiga 42 million yevrolik taklif kiritdi. Porro "Manchester Siti"ga o‘tishi ham mumkin edi.

Markaziy himoyachi: Ilya Zabarniy – "Bornmut"

"Bornmut"ning yangi egalari yaxshi sarmoyaga ega edi. Shu sabab klub istagan futbolchi uchun pulni ayamadi. 20 yoshli iqtidor 24 million funt evaziga Kiyevning "Dinamo" klubidan olib kelindi.

Markaziy himoyachi: Benua Badiashile – "Chelsi"

Fransuz futbolchisi Todd Byolining yangi yildagi nishonlaridan biri edi. "Monako" 21 yoshli himoyachini 35 million evaziga qo‘yib yubordi. U kelajakda Tiagu Silvani o‘rnini bosadi deb hisoblanmoqda. Badiashile havoda va to‘p bilan harakat qilishda juda ham ustasi farangdir.

Qanot himoyachisi: Viktor Kristansen – "Lester Siti"

"Tulkilar" so‘nggi yillardagi eng omadsiz mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda. Shu sabab tarkibni kuchaytirishi lozim edi. Aynan mana shu maqsadda ular Daniya futbol bozoriga kirib bordi va o‘zi bilan 20 yoshli chap qanot himoyachisini olib qaytdi. Kirstansen yosh bo‘lishiga qaramay, ancha tajribaga ega. Uning transferi "Lester" uchun 17,5 million funtga tushgan.

Yarim himoyachi: Jorjinyo – "Arsenal"

Yanvarning eng yaxshi xaridlaridan biri "Arsenal" tomonidan bajarildi. "Chelsi" esa tajribali futbolchisini atigi 12 million evaziga qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi. Jorjinyo yaqin o‘tmishda YECHL, UYEFA superkubogi va jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, yarim himoyachi 2021 yilda qit’a chempioni ham bo‘lgandi.

Yarim himoyachi: Enso Fernandes – "Chelsi"

Jahon chempioni bo‘lgan futbolchi Qatarda eng porloq yulduzlardan biriga aylangandi. Ensoning narxi olti oyda 20 million funtdan 107 millionga ko‘tarilib ketdi. Hammasi mundialning effekti edi. Futbolchining transferi rekordga sabab bo‘ldi.

Yarim himoyachi: Joao Gomesh – "Vulverxempton"

Beqarorlikdan qiynalayotgan yana bir APL jamoasi bu "bo‘rilar"dir. Klub yanvarda 6 ta futbolchi xarid qildi. Ular ichida eng ko‘zga ko‘ringani esa 21 yoshli Gomeshdir. "Flamengo"dan 15 million funtga olib kelingan yarim himoyachi, APLda porlashi kutilmoqda.

Chap qanotda: Mixail Mudrik – "Chelsi"

Mudrik 88 million funt evazifa Donesk shahrining "Shaxtyor" jamoasidan sotib olindi. 22 yoshli hujumchi "Chelsi" uchun umid manbalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Markaziy hujumda: Antuan Semenyo – "Bornmut"

Semenyo Jahon chempionatida Gana terma jamoasi bilan ishtirok etgandi. 23 yoshli vingerni butun dunyo tomosha qilgan. "Bornmut" ham hujumchini kuzatib kelayotgandi. Shu sababli darrov uni sotib oldi. "Bristol Siti" esa Semenyo transferidan 10,5 million funt foyda ko‘rdi.


O‘ng qanotda: Kodi Gakpo – "Liverpul"

Ro‘yxatdagi yana bir mudial yulduzlaridan biri bu Gakpodir. U Qatarda 3 ta golga mualliflik qildi. 21 yoshli hujumchi "PSV"dan 45 million funt evaziga "Liverpul" tomon yo‘l olgandi. U hozirga qadar bir nechta o‘yinlarda maydonga tushib, gol urishga erisha olgani yo‘q.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:01, 04.02.2023.
O'qildi: 1481 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.