Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Diyor Imomxo‘jayev Superliganing yangi mavsumi uchun qur’a marosimi nega kech o‘tkazilishiga izoh berdi

Diyor Imomxo‘jayev Superliganing yangi mavsumi uchun qur’a marosimi nega kech o‘tkazilishiga izoh berdi

Baho:
+ | -

7 fevral kuni qur’a tashlanishi aniq bo‘ldi. Nega shunday?

Liga yangi mavsum uchun qur’ani o‘tgan yilning dekabr oyidayoq o‘tkazishga tayyor edi. Biroq stadionlar masalasida murakkablik mavjud ekanini qur’a sanasi haqida fikr bildirayotgan taraf tushunishi kerak. 1 mart kuni Toshkentdagi 3 va Farg‘onadagi 1 ta stadionda U20 Osiyo chempionati boshlanishi va kamida ikki hafta davomida 4 ta stadion band bo‘lishi birlamchi bosh og‘riq edi.

Liga talabi bilan Jizzax, Olmaliq, Andijondagi stadionlar maydoni yangilanyapti. Bu ham bosh og‘riq, ham yaxshi tashabbus. "Metallurg" futbol klubi stadioni masalasi bor-yo‘g‘i ikki kun avval hal bo‘ldi. O‘zmetkombinat sentyabr oyida rekonstruksiya boshlanishini rasman tasdiqlamaguniga qadar mazkur stadion 2023 yil uchun qabul qilinmadi. "Andijon" esa oldin Antaliyani hal qildi, keyin stadion haqida bosh qotirdi va barcha masalani oxiriga taqadi.

Liga Superliga o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlar to‘liq aniq bo‘lib ulgurmaganicha qur’a tashlashi mushkul. Chunki ikki klub bir stadiondan foydalansa, biz qur’a oldidan ularni juft ko‘rinishga keltirishimiz lozim. Bu bizga klublardan biri uy uchrashuvini o‘tkazsa, ikkinchisi safarda o‘ynashi uchun imkoniyat taqdim etadi. Xuddi "Inter" va "Milan" bitta stadiondan kelishib foydalangani kabi. Bizda "Paxtakor" va "Surxon", "Neftchi" va "Andijon", "Olimpik" va AGMK bilan hozir shunday holat.

Liga rasmiy sayti va umuman Liga bilan bog‘liq vaziyatni sog‘lom ko‘z bilan kuzatayotgan kishi aniq prinsiplari haqida yaxshi tasavvurga ega. Biz maydonlarni yaxshilash uchun harakat qilyapmizmi, demak ba’zi jabhalarda qattiq qarorlar qabul qilishga, ba’zi masalalarga yon berishga majburmiz. Hamma narsa ideal ko‘rinishda bo‘lishi hozirgi sharoitda ilojsiz. Shunday bo‘lsa ham biz barcha masalani maksimal darajada inobatga olishga harakat qilyapmiz.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 09:35, 05.02.2023.
O'qildi: 1980 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.