Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Rasman! «Andijon» uy o‘yinlarini vaqtincha Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida o‘tkazib turadi

Rasman! «Andijon» uy o‘yinlarini vaqtincha Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida o‘tkazib turadi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, Andijondagi “Bobur Arena” stadionida maydon chimini tubdan yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Maydon sifatini ideal darajaga keltirish va  foydalanishga ruxsat berilishi uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi.

Shu sababdan andijonliklar o‘z uy o‘yinlarini vaqtincha qo‘shni Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazib turadi.

Bu xususida “Andijon” klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev quyidagilarni aytdi:

“Istiqlol” stadioni va “Andijon” klubi o‘rtasida ijara shartnomasi imzolangan. Klub to‘lovni amalga oshiradi. Lekin chiptalar savdosi “Andijon” futbol klubida qoladi.

Shu o‘rinda bizni quchoq ochib qabul qilgani uchun “Istiqlol” stadioni rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiraman. Shu bilan birga bizga hujjatlashtirish ishlarida, O‘zPFL talab etayotgan stadionga oid tashkiliy xujjatlarni rasmiylashtirishda yaqindan yordam berayotgan “Istiqlol” stadioni direktori Ilhomjon Sabidovga hamda “Istiqlol” stadioni marketing mutaxassisi Nodirbek Saidovga tashakkur bildiramiz.  

Shuningdek, bu stadiondan dastlab “Andijon-SGS” jamoasi ham foydalanishi rejalashtirilgandi. Biroq O‘zPFL talabiga ko‘ra bitta stadionda ikkita jamoadan ortig‘i bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun “Andijon” jamoasi manfaati yo‘lida klubimiz va uning muxlislariga qulaylik yaratib berishda faollik ko‘rsatib, “Turon” klubining Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionidan foydalanishga rozi bo‘lgani uchun “Andijon-SGS” rahbari Zafarxo‘ja Rahimovga alohida minnatdorchilik bildiraman”, — dedi “Andijon” klubi bosh direktori Ulug‘bek Abdusattorovich.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 20:28, 07.02.2023.
O'qildi: 1645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.