Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Metallurg» rahbariyati stadionlardagi sharoitni yaxshilash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

«Metallurg» rahbariyati stadionlardagi sharoitni yaxshilash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Kecha Bekoboddagi «Metallurg» markaziy stadioni anjumanlar zalida klub rahbariyati va ishchi xodimlarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda boshlanishiga sanoqli kunlar qolayotgan yangi mavsumga klubda tayyorgarlik jarayon jiddiy tahlil etildi.

Mamlakat milliy chempionati uchrashuvlarini qabul qiladigan «Metallurg» markaziy stadioni, yoshlar birinchiligi o‘yinlarini qabul qiladigan «Metallurg» stadioni, shuningdek, klub qoshida faoliyat yuritayotgan futbol akademiyasi jamoalari bahslari o‘tkazilishi kutilayotgan «Sementchi» stadioni, akademiya qarorgohidagi holat tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Kiyinish, yuvinish xonalari, hakamlar, nazoratchi hakam, o‘yin komissari o‘tiradigan xonalar, VIP, SIP tribunalarini joriy ta’mirdan chiqarish, stadion yoritgichlarini mavsumning ilk turigacha belgilangan lyuksga yetkazish, ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash, bunda Bekobod shahrining o‘ziga xos iqlim sharoitini hisobga olish, stadionlar radiofikasiyasi tizimini mukammallashtirish, internet xizmati bilan sifatli ta’minlanishini nazorat etish kabi bir qator muhim topshiriqlar berildi. Har bitta yo‘nalish va tizimga javob beruvchi mas’ullar bilan jiddiy muloqot o‘tkazildi. Ularning zimmasidagi vazifalar qanchalik muhim va ahamiyatli ekanligi tushuntirildi. Klubning iqtisodiy hamda moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda ishlarni tejamkorlik, shuning barobarida talablar darajasida bajarishga qat’iy amal qilinishi so‘raldi.

Klub rahbariyati mavsum arafasigacha bajariladigan yumush va ishlarni har kuni, doimiy ravishda nazorat etib borishini, mas’ullar ishga mas’uliyat bilan yondoshishlari zarurligi qayta va qayta ta’kidlandi. Har bitta ish rejali, maqsadli tarzda amalga oshirilishi kerakligi ta’kidlandi.

Klub boshqaruvi tizimidagi juz’iy o‘zgarishlar yig‘ilganlarga ma’lum qilindi va yangi lavozim egalari tanishtirib o‘tildi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 09:26, 08.02.2023.
O'qildi: 939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.