Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Manuchehr Safarov: «Har o‘yinda Rustam Soirovga golli pas berishni istayman»

Manuchehr Safarov: «Har o‘yinda Rustam Soirovga golli pas berishni istayman»

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» himoyachisi Manuchehr Safarov yakunlanib borayotgan yig‘in haqida gapirdi.

— Manuchehr, Antaliya yig‘ini tugab bormoqda. Yig‘in haqida nima deysiz?
— Yig‘in yaxshi o‘tmoqda. Nazorat o‘yinlari o‘tkazyapmiz. Mashg‘ulotlarda asosan jismoniy jihatdan tayyorgarlikka e’tibor qaratyapmiz. Tarkibda yangi futbolchilar ko‘p. Murabbiylar bu nazorat o‘yinlari orqali barchani bir tanu bir jon qilish, bir jamoa sifatida shakllantirishni maqsad qilishgan.

— Yig‘indagi harakatlaringizdan qoniqish xosil qilyapsizmi?
— Albatta, har kuni oz-ozdan barcha tomonlama qo‘shib, yaxshilanib boryapmiz. Mavsum boshigacha barchasiga tayyor bo‘lishimizga ishonaman.

— Bosh murabbiy nazorat o‘yinlarida qaysi jihatlarni asosiy planga olib chiqmoqda: jismoniy holat, taktika yoki natija?
— Asosan, jismonan holat va taktika. Ammo barcha biladiki, natija barchasidan ustuvor hisoblanadi. Biroq bu nazorat o‘yinlari bo‘lgani sababli natijaga unchalik katta axamiyat berilmayapti. Muhimi barchani bir maqsad yo‘lida birlashtira olish.

— Ushbu mavsum arafasida «Lokomotiv»ga tojikistonlik yana bir futbolchi Rustam Soirov kelib qo‘shildi. Unga mavsumda nechta golli pas berishni istaysiz?
— (Kuladi) Aslida bu narsaga ahamiyat bermasam kerak deb o‘ylagandim. Ammo endi har o‘yinda pas berishni, Rustamning ko‘p gol urishini istayman. Umuman olganda, kim gol urishining ham, kim assist bo‘lishining ham ahamiyati yo‘q. Muhimi g‘alabalar va Superligaga chiqish.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 10:35, 09.02.2023.
O'qildi: 1124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик