Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Dunyoning pul sarflash borasida eng omadsiz klublari e’lon qilindi. Ro‘yxatda ingliz jamoalari yetakchilik qilmoqda

Dunyoning pul sarflash borasida eng omadsiz klublari e’lon qilindi. Ro‘yxatda ingliz jamoalari yetakchilik qilmoqda

Baho:
+ | -

Pul sarflash borasida eng omadsiz klublar ma’lum qilindi. Ro‘yxatda, shubhasiz, ingliz klublari yetakchilik qilmoqda. Kuchli o‘ntalikning to‘qqiztasi aynan APL a’zolari sanaladi. "CIES Football Observatory" tomonidan to‘plangan ma’lumotlar 2018-2019 yilgi mavsumlardan to hozirgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Farq so‘nggi besh yilda sotib olish va sotish orasida yuzaga keltirilgan.

Umumiy hisob-kitob eng faol 100 ta klub bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan chorak qismi ingliz jamoalari sanaladi. Angliyaning faqat "Norvich" va "Uotford" klublarigina bu davr ichidan foyda bilan chiqqan. Qolganlar sotishdan topgan pullaridan ko‘ra, sotib olishga ko‘p mablag‘ sarflab yuborgan.

Manfiy nisbatda turgan jamoalar ichida yetakchi "Chelsi" sanaladi. Negaki, yangi boshliq Todd Byoli so‘nggi ikki oynada misli ko‘rilmagan xarajatlar qildi. Klub garchand oxirgi 5 yilning ikkitasidagi transferlar oynasidan foyda bilan chiqqan bo‘lsada, umumiy hisobda 665 million funtni ortiqcha sarflagan (-665 million).
Shuncha vaqt davomida musbat natijaga ega bo‘la olmagan "MYU" ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasini band etib turibdi. "Qizil iblislar"ning transferlardan kelgan foydasi sarflangan pullarga qaraganda 595 million funtga kamdir (-595 million).
Kuchli uchlikni "Arsenal" yakunlab beradi. Bu jamoa besh yilda transferlar uchun 483 million funtni ortiqcha sarflagan. Shuningdek, ro‘yxat "Tottenxem", "Vest Xem", "Nyukasl" kabi jamoalar bilan davom ettiriladi. "Aston Villa" va "Vulverxempton"ni ham o‘sha ro‘yxatga qo‘shish mumkin. Kuchli o‘ntalikdagi yagona Angliyaniki bo‘lmagan klub bu "Yuventus" sanaladi. Ammo ayni damda bu jamoada kuchli moliyaviy bo‘hronlar yuz berib turibdi. 10 o‘rinni "Liverpul" egallagan va bu jamoaning ham ishlari shu kunlarda joyida emas.

Ro‘yxatning narigi oxiriga yuzlansangiz, mutlaqo o‘zgacha hikoyaga guvoh bo‘lasiz. Ingliz klublari ichida faqat "Uotford"gina musbat natijaga ega va foyda bilan chiqqan klublarning kuchli yigirmataligida 17 o‘rinni band etgan. Plyus natijaning eng cho‘qqisida "Benfika" qayd etiladi. Bu klub besh yil davomida sotib olgan va sotgan futbolchilari orasida 329 million funt foyda ko‘rdi (+329 million). Lissabonliklar APLga Ruben Diash, Darvin Nunyes va Enso Fernandes kabi super-yulduzlarini "hadya etgandi". Undan keyingi o‘rinlarni "Lill" (+274 million) va "Ayaks" (+259 million) egallaydi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:44, 09.02.2023.
O'qildi: 3925 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик