Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Superkompyuter APLning navbatdagi turida qanday natijalar qayd etilishini taxmin qildi: "Arsenal" - "Brentford", "Liverpul" - "Everton"...

Superkompyuter APLning navbatdagi turida qanday natijalar qayd etilishini taxmin qildi: "Arsenal" - "Brentford", "Liverpul" - "Everton"...

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida yana chempionlik uchun kurash qiziydi. Navbatdagi turda yetakchi bo‘lgan "Arsenal" "Brentford"ni qabul qiladi. Mikel Arteta shogirdlari "Everton"ga mag‘lubiyatdan keyin g‘alabali yo‘lga qaytib olishga umid qilmoqda. Ammo bu ish oson bo‘lmaydi. Negaki, raqib shu kunlarda ajoyib formada bo‘lgan "Brentford" sanaladi. Tomas Frank jamoasi so‘nggi 9 ta APL o‘yinida mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Shunday ekan, to‘pchilar osonlikcha g‘alabaga erisha olmaydi.
Boshqa tomonda "Manchester Siti" tish qayrab turibdi. Ular "Tottenxem"dan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan keyin har qanday jamoani "g‘ajish"ga tayyor. Gvardiola "Aston Villa"ni mag‘lubiyatga uchratib, hammasi joyida ekanini isbotlashi lozim.
Quyida superkompyuterning navbatdagi turdagi eng muhim o‘yinlar borasida chiqargan bashoratlarini bilib olasiz.


"Arsenal" 2 - 0 "Brentford" (shanba, 20:00)

Mikel Arteta "Gudison Park"dagi kutilmagan mag‘lubiyatdan keyin jamoasini yana g‘alabali yo‘lga qaytarishi kerak. Ammo bu oson bo‘lmasligini aytgandik. "Arsenal" "Brentford"ga qarshi so‘nggi ikki bahsda mag‘lub bo‘lmagan. Superkompyuter ham to‘pchilar foydasiga qaror chiqardi. Unga ko‘ra 2-0 hisobida maydon egalari bu o‘yinni o‘zlariniki qilishadi. Bahsda Eddi Nketia gol urishi kutilmoqda.

"Lester" 1-2 "Tottenxem" (shanba, 20:00)

Xarri Keyn "Manchester Siti"ga qarshi goli bilan klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangandi. "Tulkilar"ga qarshi ham, aynan u katta sahnaga chiqishi kutilmoqda. Keyn "Lester" bilan 19 ta o‘yinda 20 ta gol urishga erishgan. Bu esa eng yaxshi natija sanaladi. Boz ustiga, ayni damda Brenden Rojers shogirdlari yaxshi formada emas.

"Lids Yunayted" 1-2 "MYU" (yakshanba, 19:00)

Ko‘rdikki, "Lids"ning o‘yinni bir qovushsa, jamoa har narsaga qodir ekan. Ular "Old Trafford"da birinchi bo‘limni 2 ta gol farqi bilan tugata olgandi. "Qizil iblislar" keyingi 45 daqiqa ichida hisobni tenglashtirib oldi. Ammo oldindagi bahsda baribir "MYU"ning qo‘li baland kelish ehtimoli katta. Reshford yaxshi formada ekan, bu jamoa kurashni davom ettiradi.

"Manchester Siti" 2-0 "Aston Villa" (yakshanba, 21:30)

"Shaharliklar" bu o‘yinni ko‘zi qonga to‘lgan holda kutmoqda. Erling Xolandning gol urish ehtimoli ham juda yuqori. Agarda Kevin De Bryuyne bilan hammasi joyida bo‘lsa, u holda Xoland ham imkoniyatlarga ega bo‘ladi. "Aston Villa" haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Bu jamoa "moviylar"larni 2013 yildan beri rasmiy musobaqalarda yenga olmayapti. Bu qora an’ana yana davom etishi kutilmoqda.

"Liverpul" 2-0 "Everton" (dushanba/seshanba, 01:00)

Ushbu qarama-qarshilikda garchand "Liverpul" favorit bo‘lsa ham, "Everton"ning yaxshi sport formaga qaytganini unutmaslik kerak. Shon Daych shogirdlari hamshaharlariga qarshi qattiq kurashadi. Ammo baribir imkoniyatni boy berishi taxmin qilingan. "Qizillar" safida yana Muhammad Saloh katta sahnaga chiqishi mumkin. U o‘zining so‘nggi golini boksing deyda urgan edi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:00, 10.02.2023.
O'qildi: 4667 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.