Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

De Xea yubiley o‘yini haqida gapirdi

De Xea yubiley o‘yini haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea APLdagi 400-o‘yini haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik darvozabon bu yutug‘iga 23-turda “Lids Yunayted” bilan o‘yinda erishdi, o‘yinda “qizil iblislar” 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

“Bugun bor e’tiborimni faqat g‘alabaga qaratgandim va biz bunga erishdik. Shunday qilib, endi men Premyer-ligadagi 400-o‘yinimdan zavq olishim mumkin. Bu yerga kelganimiz, bugungidek o‘ynaganimiz juda yaxshi. Quruq g‘alaba, uch muhim ochko va klub uchun 400 ta o‘yin - bu ajoyib kun bo‘ldi", - deya De Xea so‘zlarini keltiradi BBC.

“Manchester Yunayted” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 46taga yetkazib, turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi va “Manchester Siti”ni quyi pog‘onaga tushirib yubordi.

Kiritildi: 22:11, 12.02.2023.
O'qildi: 935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик