Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

O‘rtoqlik o‘yini. «Paxtakor» «Dinamo Kiyev»ni mag‘lub etdi (videosharh)

O‘rtoqlik o‘yini. «Paxtakor» «Dinamo Kiyev»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

«Paxtakor» Turkiyadagi yig‘in doirasida Kiyevning "Dinamo" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Paxtakorchilar 2022 yilgi mavsum avvalida ham ushbu jamoa o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqqan edi. Yodingizda bo‘lsa, o‘sha bahs jangovar durang bilan yakuniga yetgandi.

Qizig‘i, bu safar "Paxtakor" kiyevliklar bilan yig‘in davomida bitta mehmonxonada istiqomat qildi. Maksim Shaskix ikkinchi yig‘in odatiga ko‘ra, bitta tarkibni 90 daqiqa o‘ynatdi.

34-daqiqada hisob ochildi. Shaskix va murabbiylar shtabining mehnati mana shu golda yaqqol ko‘rindi: to‘p raqibga tegmagan holda, 10 nafar futbolchining o‘zaro uzatmalaridan keyin raqib darvozasi to‘ridan joy oldi. Banashakning oshirib bergan to‘pini Doston Hamdamov ohista darvozaga yo‘naltirib qo‘ydi. Bo‘lim so‘ngida ikki jamoada ham bittadan yaxshi vaziyat bo‘ldi, ammo besamar.

65-daqiqaga kelib jahon murabbiylari ichida sovrin yutish bo‘yicha yuqori o‘rinda turuvchi Mircha Luchesku 11 nafar o‘yinchisini almashtirdi.

Uchrashuvda bironta zaxiradan foydalanmagan Maksim Shaskix, tonggi mashg‘ulotlarni ham o‘z odatiga ko‘ra 1,5 soat o‘tkazgandi. Kuchli jismoniy toliqishga qaramay, yigitlarimiz muxlislarga bugun chiroyli o‘yin namoyish qilib bera olishdi.

"PAXTAKOR" - "Dinamo" (Kiyev, Ukraina) 1:0
Gol: Doston Hamdamov (34).
"Paxtakor": Suyunov, Alijonov, Tursunov, Azmiddinov, Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Hamdamov, Cheran, Turg‘unboyev, Banashak.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:21, 14.02.2023.
O'qildi: 11653 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик