Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Roten: «Messining «PSJ»ga o‘tishi Parij jamoasi uchun noto‘g‘ri qadam bo‘lgan»

Roten: «Messining «PSJ»ga o‘tishi Parij jamoasi uchun noto‘g‘ri qadam bo‘lgan»

Baho:
+ | -

«PSJ» klubi sobiq futbolchisi Jerom Roten parijliklar rahbariyatiga Lionel Messi yoki Neymarni sotib yuborib, jamoani Kilian Mbappe atrofida qurishni taklif qildi.

«MNM triosini parchalash «PSJ»ning asosiy vazifasi hisoblanadi. Hech bo‘lmasa, klub ulardan biri bilan xayrlashishi kerak. Men Messi yoki Neymarni nazarda tutyapman, Mbappeni emas albatta. Agar Kilian yana nimanidir xohlab qolsa, bu «PSJ» uchun fojiaga aylanadi.

Messi «PSJ»ga o‘tganidan buyon anomaliya aylanib qoldi. Futbol tarixiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan bunday saviyadagi futbolchi haqida bu fikrni bildirish og‘ir. Ammo bu haqiqat, afsuski.

Albatta, u «Barselona»ni tark etganidan keyin g‘amgin holatga tushib qolgandir. Hattoki, ayni paytga kelib uning hayoti izga tushganini aytayotgan bo‘lsa ham, maydonda bu narsa ko‘rinmayapti. Futboldan zavq olayotganini ko‘rinmayapti.

Hozir men klub tomonidaman. Luish Kampush mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi va Messining kelishi yaxshi voqea bo‘lmasligini tan olishi kerak. U "PSJ" uchun noto‘g‘ri qadam bo‘ldi.

Shuningdek, Neymarga nisbatan savollar mavjud. Faqat Angliyada bunday maosh to‘lashni o‘ziga ep ko‘ra oladi. Men hattoki transfer haqida gapirmayapman. Chunki «PSJ» Neymarni hech qachon 200 mln yoki 220 mln yevroga sota olmasligini biladi.

Lekin hech bo‘lmasa maoshdan tejash maqsadida ham ikki baravar kam narxga ham sotib yuborish kerak. Chunki moliyaviy halol o‘yin degan narsa bor.

Agar «PSJ» haqiqatan rosmana yangi sport loyihasini tuzishni istasa, o‘ylashimcha, yuqori maosh oladigan futbolchilar bilan xayrlashishi kerak», – dedi Roten "RMC Sport" nashriga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:07, 22.02.2023.
O'qildi: 4308 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.