Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Farhod G‘ofurov: «Andijon»ning asosiy jamoasiga yanada ko‘proq yoshlarni yetkazib bermoqchimiz»

Farhod G‘ofurov: «Andijon»ning asosiy jamoasiga yanada ko‘proq yoshlarni yetkazib bermoqchimiz»

Baho:
+-1 | -

«Andijon» o‘rinbosarlari (U-21)ning “Hokim Kubogi” yarim finalidagi g‘alabasidan keyin jamoa murabbiyi Farhod G‘ofurovning fikrlari bilan qiziqdik.

— G‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yin qanday taassurot qoldirdi?
— Viloyat “Hokimi Kubogi” musobaqasi boshlanganiga 4-5 kun bo‘lib qoldi. “V” guruhidan joy oldik va ko‘proq kuchli raqiblarga qarshi tushdik. Qirg‘izistonning “Neftchi”, birinchi liga ishtirokchisi “Shahrixon”, o‘zimizning “Andijon” U-19 va biz kurash olib bordik. O‘yinlar yaxshi darajada o‘tdi. Dastlab “Shahrixon”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdik. Keyin “Neftchi”ga yagona gol evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydik. Uchinchi uchrashuvda g‘alaba qozondik hamda yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Mana, o‘zinglar guvohi bo‘lganinglardek, futbol lisey jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondik. Mazkur g‘alaba bilan jamoamiz a’zolarini va barcha muxlislarimizni tabriklayman. Biz musobaqa finaliga chiqdik. Asosiy maqsadimiz finalda g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritish.

— Yangi mavsum startiga ham oz fursat qoldi. Tayyorgarlik qay darajada o‘tdi? Barchasidan qoniqish hosil qildingizmi?
— Bizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inimiz 2-3 bosqich asosida o‘tdi. Dastlabki bosqichimizni o‘zimizda, Andijonda tashkil qildik. Shundan keyin Farg‘onada an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Hokim Kubogi”da ishtirok etdik. Bu orqali o‘yinlar va o‘rtoqlik bellashuvlari orqali yig‘inimizdagi futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazdik. So‘ngra, yigitlarga biroz dam berdik. Keyin Andijondagi “Hokim Kubogi” musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rdik.

— Tabiiyki, ushbu yig‘inlar hamda turli musobaqalar orqali jamoaning chempionatga tayyorgarlik ko‘rishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi...
— Albatta, bu tayyorgarlik jarayonida juda muhim hisoblanadi. Qolaversa, kimni qandayligini ko‘rdik va bizga qaysi o‘yinchilar zarur bo‘lsa, o‘shalar bilan shartnomalar imzoladik. 4 mart kuni asosiy jamoamiz “Nasaf” bilan o‘ynaydi. Ertasiga o‘rinbosarlar jamoamiz maydonga tushadi. Xudo xohlasa, bo‘lajak uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Andijon viloyati “Hokimi Kubogi”dan keyin futbolchilarimizga yana ikki kunlik dam beramiz va so‘ng tayyorgarligimizni belgilangan reja asosida davom ettiramiz.

— Umuman oladigan bo‘lsak, tarkibdan ko‘nglingiz to‘ldimi?
— Ha, yigitlar o‘ynayapti va harakat qilishyapti. Bizning asl maqsadimiz “Andijon”ning bosh jamoasiga munosib kadrlarni yetkazib berishdan iborat. Bilasizlar, bu yil asosiy tarkibga ayrim yoshlarni berdik. Aslbek Aysarov, Abdulatif Oybekov va darvozabon Mohir Komilov. Keyingi safar yanada ko‘proq iqtidorli yoshlarni yetkazib bermoqchimiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 21:32, 23.02.2023.
O'qildi: 1182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик