Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yevropa ligasi. «Manchester Yunayted» - «Barselona» o‘yinidan keyin yuzaga chiqqan raqamlar va faktlar

Yevropa ligasi. «Manchester Yunayted» - «Barselona» o‘yinidan keyin yuzaga chiqqan raqamlar va faktlar

Baho:
+ | -

Yevropa Ligasining 1/8 finaliga o‘tish o‘yinida “Manchester Yunayted” va “Barselona” jamoalari 23 fevral, payshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvda mankunianliklar 2:1 hisobida (umumiy hisob 4:3) g‘alaba qozondi va musobaqaning nimchorak finaliga yo‘l oldi.

“Manchester Yunayed” 2008 yildan buyon ilk bor kataloniyaliklar ustidan g‘alaba qozondi. O‘sha vaqtda “qizil iblislar” Chempionlar Ligasi yarim finalida ispan jamoasi ustidan 1:0 hisobida zafar quchgan. Shundan beri jamoalar o‘zaro 5 marta to‘qnash kelgan va 4 tasida “Barselona”ning qo‘li baland kelgan. Bitta o‘yinda durang natija qayd etilgan.

Mankunianliklar joriy mavsum mag‘lubiyatsiz seriyasini 9 ta o‘yinga uzaytirdi. Erik ten Hag jamoasi so‘nggi bor 22 yanvar kuni APL doirasida “Arsenal”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Shundan so‘ng jamoa 7 ta g‘alaba va 2 ta durang natija qayd etdi.

“Barselona” esa 2022 yil oktyabrdan buyon ilk bor mag‘lubiyatga uchradi. Xavi shogirdlari so‘nggi bor 26 oktyabrda “Bavariya”ga imkoniyatni boy bergandi. Shundan keyin “ko‘k-anorranglilar” 16 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etgandi.

Xavi qo‘l ostida jamoa so‘nggi 14 oyda 4 marta Yevrokuboklardan chiqib ketdi. 2021/22 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan va Yevropa Ligasi 1/4 final bosqichidan, joriy mavsumda esa YECHL guruh bosqichi va YEL 1/8 finalga o‘tish o‘yinida mag‘lub bo‘lib, o‘z yurishini to‘xtatdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:51, 24.02.2023.
O'qildi: 3346 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик