Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

"Real" Kazemironi o‘z safida saqlab qolishga harakat qilgani ma’lum bo‘ldi

"Real" Kazemironi o‘z safida saqlab qolishga harakat qilgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Real" o‘tgan yozda braziliyalik yarim himoyachi Kazemironi o‘zida saqlab qolishni rejalashtirgan, deya xabar bermoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Manba bergan xabarga ko‘ra, madridliklarning xohishiga qaramay, "Manchester Yunayted" qo‘ng‘iroq qilganida, yarim himoyachi bu taklifni qabul qilib, "Real"dan ketishga qaror qilgan. Qayd etilishicha, Kazemiro "mankunianliklar"dan tashqari boshqa jamoaga o‘tishga yaqin emas edi.

Eslatib o‘tamiz, Kazemiro 2013 yildan 2022 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan. Braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" bilan birgalikda besh marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va uch marta Ispaniya chempioni bo‘ldi.

31 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:18, 28.02.2023.
O'qildi: 4550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик