Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Kanselu: "Bolalikdagi orzum amalga oshganidan xursandman"

Kanselu: "Bolalikdagi orzum amalga oshganidan xursandman"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"dan ijara asosida Germaniya jamoasida o‘ynayotgan "Bavariya"ning portugaliyalik himoyachisi Joau Kanselu FIFA talqiniga ko‘ra 2022 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchilari ramziy terma jamoasiga kiritilgani haqida fikr bildirdi.

"O‘tgan yilning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lganimdan faxrlanaman. Bu mening bolaligimdan orzum edi. Men ramziy jamoaga kirishni anchadan beri orzu qilardim va bunga erishdim, endi juda xursandman. O‘ylaymanki, do‘stlarim, oilam, doim yonimda bo‘lgan insonlar menga bunga erishishimga yordam berishdi", - dedi Kanselu FIFPRO bilan suhbatda.

28 yoshli Kanselu joriy mavsumda "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Bavariya" tarkibida portugaliyalik futbolchi oltita uchrashuv o‘tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:00, 01.03.2023.
O'qildi: 1025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик