Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Andijon» yangi mavsumda «Jako» va «Team Sport» mahsulotlaridan foydalanadi (foto)

«Andijon» yangi mavsumda «Jako» va «Team Sport» mahsulotlaridan foydalanadi (foto)

Baho:
+-1 | -

“Andijon” klubining yangi formalariga e’tibor qaratyapsizmi? Bu safargisi ancha noodatiy va o‘ziga xos yangiligi bilan ajralib turadi.

Jamoa mavsum davomida qizil va oq rangli formalardan foydalanadi.

Yaxshilab nazar tashlasangiz, qizil formada stadion atrofidagi hudud sputnik orqali aks ettirilgan va unda tabiiyki o‘zimizning arena ham bor.

Ayniqsa, formada shunday dizayn qilinganki, ramziy ma’no sifatida yurak qismida “Bobur Arena” stadioni joylashtirilgan. Bu esa libosni kiygan har bir futbolchida jamoa yuragimda, degan tushunchani yanada mustahkamlaydi.



Oq rangli forma jamoa ramzi hisoblangan burgut tasvirlangan. Qizil rangdagisi mezbon, oq ranglisi esa mehmondagi formalarimiz hisoblanadi.



Darvozabonlarning formalari esa uch xil ko‘rinishda aks etgan.

Darvoqe, futbolchilarimizning ushbu liboslari “Team Sport” brendi tomonidan tayyorlangan.

Shuningdek, jamoamiz bu yil "Jako" brendining ekipirovkalaridan foydalanadi. Ahamiyatlisi, nafaqat asosiy jamoa a’zolari, balki o‘rinbosarlar jamoasi ham "Jako" ekipirovkalari bilan ta’minlandi. Ya’ni, ular uchun ham sharoitlar yanada yaxshilanyapti. Shu bois yoshlar ham asosiy tarkib singari bir xil tarzda kiyintirildi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 14:50, 02.03.2023.
O'qildi: 2290 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик