Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Sardor Abdunabiyev: «Uzoqdan zarba berishdan boshqa variant yo‘q edi»

Sardor Abdunabiyev: «Uzoqdan zarba berishdan boshqa variant yo‘q edi»

Baho:
+ | -

"Nasaf"ga qarshi o‘yinda kuchli zarba bilan "Andijon"ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylangan Sardor Abdunabiyev o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bunday o‘yin haqida nimalarni aytgan bo‘lardingiz?
— O‘yinni hamma og‘ir bo‘lishini bilardi. Ammo shu bilan birga g‘alaba qozonishimizga ham ishongandik. Muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashi ham bizga dalda bo‘ldi. Mavsumni bunday ajoyib g‘alaba bilan boshlash yoqimli.

— O‘sha vaziyatda uzoqdan zarba berganingizda gol bo‘lishini kutganmidingiz?
— Zaxiradan maydonga tushayotganimda bosh murabbiyimiz menga tegishli ko‘rsatmalarni berdi. Albatta, senda ham vaziyating bo‘ladi, yaxshilab harakat qil, senga ishonaman, degan gaplarni aytdi. Menga gol urasan, deb aytdi. Haqiqatan menda bitta imkoniyat bo‘ldi va bundan foydalandim. Bu g‘alabamizni bosh murabbiyimiz Aleksandr Andreevich Xomyakovning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlaymiz. Bizga ishonch bildirgan barchadan minnatdormiz.

— Darvozabon oldinga chiqib ketganini sezgandingiz-a?
— Menga pas uzatilganida qarshimda bir o‘yinchi bor edi va boshqa variantim ham yo‘q edi. Ya’ni, to‘g‘ri darvoza tomon tepishim kerakligini his qildim va zarba berdim, gol bo‘ldi.

— G‘alabani kutganmidingiz?
— Nafaqat men, balki butun jamoa ham g‘alaba qozonishimizni kutgandi va sezgandi. Buning uchun barchamiz maydonda astoydil harakat qilishimiz kerak edi. Biz uchun tarix yaratishimiz ham muhim edi.

— Bu faoliyatingizdagi eng chiroyli gol bo‘ldimi?
— Albatta, “Nasaf” darvozasiga urgan golim faoliyatimdagi eng chiroylisi bo‘ldi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 12:45, 05.03.2023.
O'qildi: 2269 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.