Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

Kilian Mbappe: «Turkiyaga yordam berish uchun bor vositalardan foydalanaman».

Kilian Mbappe: «Turkiyaga yordam berish uchun bor vositalardan foydalanaman».

Baho:
+ | -

 «PSJ» goleadori zilziladan jabr chekkan bolalarga yordam berish uchun tuzilgan jamg‘arma aksiyasiga qo‘shildi. Bu tashabbus ayni kunlarda butun dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda.

Fevral oyida Turkiya va Suriyada ro‘y bergan +7 ballik zilzila 45 mingdan ortiq kishini hayotdan olib ketdi, yana 100 minglab odam boshpanasiz qoldi. Hozirda har ikki mamlakatda gumanitar falokat oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Jumladan, Turkiya futbol federasiyasi dunyo­ning eng mashhur sportchilarini birlashtirgan OmuzOmuza («Elkama-elka») aksiyasini boshlab yubordi.

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe esa birinchilar qatorida ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi, unga qo‘shilishini ma’lum qildi.

«Chindan ham, hammani larzaga solgan katta falokat yuz berdi, - dedi fransiyalik futbolchi beIN SPORTS Turkiye efirida. - Inson xayoliga sig‘maydigan darajadagi katta fojia. Turklar qanday ko‘rgilikka yuz tutishganini baholash juda qiyin. Bugungi vazifa men uchun favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiyani qo‘llab-quvvatlash uchun butun jahon futbol jamoatchiligi ham birlashishi kerak. Shunday aksiya juda zarur edi va uning bir qismiga aylanishdan faxrlanaman. Jabrdiyda bolalarga yordam qo‘lini cho‘zish uchun bor imkoniyatlar va vositalarni ishga solaman. Inson sifatida hamisha yordam berish, Turkiyaga qandaydir naf keltirish uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilaman. Umidvormanki, mamlakatda hammasi yaqin orada o‘z iziga tushadi va turk bolalarini yuzida yana tabassum ko‘ramiz».

OmuzOmuza aksiyasiga Kilian Mbappedan tashqari, Elif Elmaz, Neymar, Jorje Jezush, Fotih Terim kabi mashhur futbol kishilari qo‘shilishdi. «PSJ» hujumchisi Lionel Messi esa Turkiyaga o‘z jamg‘armasi orqali insonparvarlik yordami yubordi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:53, 09.03.2023.
O'qildi: 3362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.