Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ronaldu ketma-ket 3ta o‘yindan buyon golli harakatlarda ishtirok etmayapti

Ronaldu ketma-ket 3ta o‘yindan buyon golli harakatlarda ishtirok etmayapti

Baho:
+ | -

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni kubogi chorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Abxa» klubiga qarshi o‘yinda (3:1) maydonda 87 daqiqa harakat qildi.

Ammo u gol ham urmadi, jamoasining gollariga assistentlik ham qilmadi. Boz ustiga, birinchi taym oxirida sariq kartochka ham oldi.

Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi ketma-ket 3ta o‘yindan buyon jamoasining golli vaziyatlarida ishtirok etmayapti. Avvalroq u «Al-Batin» (3:1) va «Al-Ittihod» (0:1)ga qarshi o‘yinlarda ham maydonni "quruq qo‘l" bilan tark etgandi.

Ronaldu «An-Nasr» klubi safida jami 9ta o‘yinda qatnashib, 8 gol va 2 assist muallifiga aylandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:52, 14.03.2023.
O'qildi: 1892 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик