Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

YECHL. «Real» - «Liverpul» o‘yinidan keyin yuzaga chiqqan raqamlar va faktlar

YECHL. «Real» - «Liverpul» o‘yinidan keyin yuzaga chiqqan raqamlar va faktlar

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final javob o‘yinida “Real” “Liverpul”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda 5:2 hisobida madridliklarning qo‘li baland kelgandi. Shu tariqa “Real” so‘nggi 8 o‘yindan buyon mersisaydliklar bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchramayapti. 2021 yil 14 aprelda ikkala jamoa o‘rtasidagi o‘yin 0:0 hisobida yakunlangan. Qolgan 7 ta o‘yinda “qaymoqranglilar” zafar quchgan. To‘plar nisbati — 17:4.

Madridning “Real” jamoasi o‘z tarixida 19 marta musobaqa chorak finaliga yo‘l oldi. Bu borada faqatgina “Bavariya” ulardan oldinda. Myunxenliklar 21 marta YECHL chorak finaliga chiqqan.

“Liverpul” Yurgen Klopp qo‘l ostida faqatgina ispan klublariga mag‘lub bo‘lgan holda Yevrokuboklardan chiqib ketmoqda. Nemis mutaxassisi ingliz jamoasida 8 mavsumi davomida 2019 yilda Chempionlar Ligasi, o‘sha yilning o‘zida Yevropa Superkubogi va sal keyinroq klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchgan.

2016 yil Yevropa Ligasi finalida “Sevilya”ga mag‘lub bo‘lgan. 2017/18 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finalida “Real”ga imkoniyatni boy bergan. 2019/20 yilgi mavsumda esa “Atletiko” 1/8 finalda mersisaydliklarni to‘xtatib qolgan. 2020/21 yilgi mavsumda “Real” to‘sig‘idan o‘tolmagan. 2021/22 yilgi mavsum finalda ham “Real” “shalpangquloq”ni ilib ketgan.

“Qizillar” murabbiyi Yurgen Klopp o‘yin haqida:

“Musobaqada qolish uchun 2:5 hisobini yo‘qqa chiqarish kerak edi. Bu esa judayam o‘zgacha o‘yin talab etadi, biz buni uddalay olmadik.

“Real”da imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi, Alisson ikkita ajoyib seyvni amalga oshirdi. Kim keyingi bosqichga haqli bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozondi. Tan olish lozim.

Bunday o‘yinlarda vaziyatlar yaratish kerak. So‘nggi 4 ta bo‘limning 3 tasida madridliklar yaxshiroq o‘ynadi. Agar bugun g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqqanimizda, baribir musobaqadan chiqib ketardik”.

“Real” ustozi Karlo Anchelotti ham o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi:

“Yaxshi o‘yin ko‘rsatdik deb o‘ylayman. Vaziyatlar bo‘ldi va himoyada ham ishonchli o‘ynadik. Bu biz ko‘rsatmoqchi bo‘lgan o‘yin edi.

Modrich va Kroos pressingda juda yaxshi ishladi. Zaxiralar? Men oxirroqda vaqtdan yutish uchun futbolchi almashtirdim. Har bir daqiqada yaxshi o‘ynadik”.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:03, 16.03.2023.
O'qildi: 3831 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.