Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Timur Kapadze: «Endi jamoalar bizga qarshi jiddiyroq o‘ynashmoqda»

Timur Kapadze: «Endi jamoalar bizga qarshi jiddiyroq o‘ynashmoqda»

Baho:
+ | -

Superliganing 3-turidan o‘rin olgan «Olimpik» – OKMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng olimpiyachilar bosh murabbiyi Timur Kapadze uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirdi.

— Avvalambor, OKMK jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin ikkala jamoa uchun ham qiyin o‘tdi. Bahsga yaxshi tayyorlangandik, raqibni o‘rganib chiqqandik. Afsuski, o‘yindagi bir epizodda xato qildik va OKMK bundan unumli foydalandi. To‘g‘ri, mahorat va tajriba bobida OKMK bizdan ustun. Shu sababli ular bunday paytda raqibni kechirib o‘tirishmaydi. Umuman olganda, teng kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Ushbu mag‘lubiyatdan kerakli xulosa chiqaramiz. Ikkala bo‘limda ham bir qancha xatolar qildik. Yoshlarda beqarorlik bo‘lishi mumkin, ko‘p jihatlarni to‘g‘rilash kerakligini tushunib turibmiz.

— «Olimpik» dastlabki daqiqalardanoq hujumga o‘tadigan, raqib darvozasini o‘qqa tutadigan jamoa. Bugun OKMK darvozasi tomon birorta aniq zarba yo‘llamadi...
— Birinchidan, OKMK bunga imkoniyat bermadi. Ikkinchidan, ular oddiy o‘yin namoyish qilishdi. Asosan, Boakega uzun uzatmalar berishdi. Albatta, bu bizga qiyinchiliklar tug‘dirdi. Zarba berdik, ammo raqib himoyachilaridan o‘tmadi. Bundan yaxshiroq o‘ynasak bo‘lardi. Gol o‘tkazib yuborgandan keyin yaxshiroq o‘yin ko‘rsata boshladik, tavakkal qilishga o‘tdik. Raqiblarning xatosini ham kutdik. Katta kuch bilan hujumga o‘tganimizda, OKMKning qarshi hujumda yaxshi o‘ynashini ham hisobga oldik. OKMK oddiy o‘ynagani uchun bizni ritmdan tushirib qo‘ydi.

— Jamoangizda faqat yosh futbolchilar o‘ynashadi. O‘zingiz ham futbol o‘ynagansiz. Tarkibingizda tajribali futbolchilarning bo‘lishi qanchalik yaxshi yoki yomon?
— Albatta, tarkibda tajribali futbolchilarning bo‘lishi yaxshi holat. Ular ortdan turib ko‘rsatma berishadi, yoshlarga tanbeh berib turishadi. Ammo bizda maqsad boshqacha, terma jamoa sifatida o‘ynayapmiz, yigitlar o‘zlari rivojlanishi kerak. Yetakchilar paydo bo‘lishadi. Bunda men hech qanday qiyinchilik ko‘rmayapman. Jamoani barpo qilayotganimizda bizga bir-ikki nafar tajribali, masalan, markaziy yarim himoyachi olish kerakligini aytishdi. Superligaga chiqqanimizda ham shunday savol yana takrorlangandi. Bundan ma’ni bormi? Biz terma jamoamiz, ular turnirlarda bizga yordam berishmaydi. Ularga ko‘proq imkoniyat beramiz. Umuman olganda, buni uddalayapmiz. Hech kimga o‘yin bobida yutqazmayapmiz, yaxshi o‘ynayapmiz. Ba’zida farq katta bo‘lib ketishi mumkin. Yigitlar o‘sishdi va ishochnliroq o‘ynashmoqda. Bugun ishlar o‘xshamagandir, ammo ularning katta bo‘lishayotgani sezilmoqda. Bu – hali chempionatning boshi.

— To‘g‘ri, bu mavsumning starti. Ammo «Paxtakor»ga qarshi bahsdan keyin raqiblar sizlarga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘ra boshlagandek. Bu sizga qiyinchilik tug‘dirmayaptimi?
— Fikringizga qo‘shilaman. O‘tgan mavsum startida ham bizni unchalik mensishmagan, jiddiy qabul qilishmagandi. Endi esa boshqa jamoalar bizni yanada jiddiyroq o‘ylashmoqda. «Paxtakor»ga qarshi o‘yin ko‘rsatmoqdaki, yigitlarning darajasi endi yuqoriroq. Balki yigitlarni natija uchun o‘ynatishga ham o‘rgatish kerakdir. Endi biz uchun ham raqiblarni mag‘lub etish topishmoqqa aylanmoqda. «Paxtakor»ga qarshi o‘yindan keyin yigitlar biroz xotirjam bo‘lib qolgandir. Hozir kartochkalar bobida ham muammolar bor. Jizzaxda ham qizil kartochka qabul qilib olganmiz. Albatta, buni gaplashib olamiz. Yoshlar jamoamizda ham chetlatilganlar bor. Bularni yigitlar bilan muhokama qilib olganmiz. Boshida shunday bo‘ladi, o‘tiramiz, gaplashib olamiz. Yigitlar tempni ko‘tarib olgandan keyin barchasi yaxshi bo‘lib ketadi. Bizga ham «Paxtakor», OKMK, «So‘g‘diyona» kabi jamoalarga qarshi o‘ynash qiziq. Hozir barcha jamoalar har xil darajada. Futbolchilarim esa o‘yindan o‘yinga yaxshi tajriba olishmoqda. Bugungi o‘yinda hech nima o‘xshamagandir, ammo bu kelasi o‘yinda barchasi chiroyli o‘tishi uchun turtki berishi kerak.

Manba: fcolympic.uz
Kiritildi: 07:53, 18.03.2023.
O'qildi: 1626 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.