Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

«Lokomotiv» bolalar uchun futbol maydonini ta’mirdan chiqardi

«Lokomotiv» bolalar uchun futbol maydonini ta’mirdan chiqardi

Baho:
+ | -1

Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan sobiq TAPOiCh stadioni «Lokomotiv» PFK tasarrufiga o‘tgani hamda ushbu maydondan futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari foydalanishi haqida xabar bergandik.

Mazkur o‘yingoh ko‘p yillar qarovsiz ahvolda qolib, «Lokomotiv» tasarrufiga o‘tganidan so‘ng zudlik bilan uch bosqichli qurilish-qayta ta’mirlash ishlari rejasi ishlab chiqildi. Bugun qurilish-qayta ta’mirlash ishlarining birinchi bosqichi o‘z yakuniga yetib, maydon ko‘rkam holatga keltirildi va bolalar uchun foydalanishga topshirildi.

Endilikda ushbu maydon «Lokomotiv» futbol maktabi uchun xizmat qiladi hamda tarbiyalanuvchilarimiz shu yerda mashg‘ulot olib borib, bo‘lajak o‘yinlarga hozirlik ko‘rishadi.

Aytib o‘tganimizdek, stadionda qurilish va qayta ta’mirlash uch bosqichli tizimda olib borilmoqda. Birinchi bosqich - standart o‘lchamdagi maydon, murabbiylar uchun majlislar xonasi, hakamlar hamda futbolchilar kiyim almashtirish xonalari barpo etilib foydalanishga topshirildi.

Qurilishning ikkinchi bosqichida muxlislar uchun tribuna qad ko‘taradi hamda yana bir sun’iy maydon foydalanishga topshiriladi. Uchinchi bosqichda esa jamoamiz tarbiyalanauvchilari uchun mehmonxona barpo etiladi.

O‘ylamizki, bu maydonda shug‘ullanadigan yoshlardan kelajakda «Loko» yulduzlari yetishib chiqadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 08:41, 23.03.2023.
O'qildi: 1695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик