Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘zbekiston terma jamoasining mart oyidagi o‘yinlariga oid raqamlar

O‘zbekiston terma jamoasining mart oyidagi o‘yinlariga oid raqamlar

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Saudiya Arabistonida o‘tgan yig‘in mobaynida Boliviya terma jamoasi mag‘lub etilgan (1:0) bo‘lsa, Venesuela bilan durang qayd etildi (1:1).

Boliviyaga qarshi o‘yindagi yutuq O‘zbekiston terma jamoasi tarixida Janubiy Amerika vakili ustidan qozonilgan ilk g‘alaba bo‘ldi. Bunga qadar “oq bo‘rilar” KONMEBOL mintaqasi terma jamoalarini mag‘lub etolmagandi.

Srechko Katanes O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruvidagi 16-o‘yinni o‘tkazdi. Ularda jamoa 10 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va ikkita durang qayd etdi. To‘plar nisbati — 32:13.

Qayd etish kerak, mazkur 16 ta o‘yinning faqat uchtasi rasmiy maqomga ega bo‘lgan. Qolgan 13 ta o‘yinda O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etgan.

Katanes terma jamoa bilan 10 ta g‘alaba qayd etgan 7-murabbiyga, O‘zbekiston boshqaruvida 15+ o‘yin o‘tkazgan 8-mutaxassisga aylandi.

O‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etish (13) borasida esa Katanes O‘zbekiston terma jamoalari murabbiylari orasida to‘rtinchi o‘ringa chiqib oldi. Faqat Rauf Ineleev (15), Vadim Abramov (22) va Mirjalol Qosimov (24) bu borada undan oldinda.

Avvalroq Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasidagi 34-golini urgan holda Maksim Shaskixning rekordini takrorlagani haqida xabar qilingandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:09, 29.03.2023.
O'qildi: 2663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик