Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 2-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"Real" "Chelsi" futbolchilarini ko‘zlamoqda. Todd Byoli ularni sotarmikin?

"Real" "Chelsi" futbolchilarini ko‘zlamoqda. Todd Byoli ularni sotarmikin?

Baho:
+ | -

"Real" yozda ikki "Chelsi" futbolchisini sotib olishga harakat qiladi. Bu narsa esa londonliklarning asosiy tarkibida muammolar hosil qilishi mumkin. Klubning yangi egasi Todd Byoli so‘nggi ikkita transferlar oynasida 500 million funt mablag‘ni futbolchi xarid qilishga sarflagandi. Bu narsa o‘z navbatida tarkib futbolchilarining soni oshib ketishiga olib keldi. Shu sababli tarkibni muvozanatga keltirish kerak. Buning uchun bir qancha o‘yinchilardan voz kechish zarur. "Real" esa "Chelsi"ning asosiy tarkibidagi futbolchilarga ko‘z olaytirmoqda.

Aslini olganda, "Chelsi" yozda 10 tagacha futbolchisini sotishi lozim. Xabarlarda aytilgan, "Real" radaridagi o‘yinchilar nomi ochiqlanmagan. Ayrimlarning taxmin qilishicha, ular Ris Jeyms va Kay Xaversdir.
Jeyms – akademiya tarbiyalanuvchisi. U dunyodagi eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sanaladi. Xavers esa "Chelsi"da turli xil ko‘rinishlarga ega. Lekin 2023 yilda nemis hujumchisi Potter ishonchiga kira oldi. Agarda bu futbolchilar sotiladigan bo‘lsa, tarkib sezilarli darajada kuchsizlanadi. "Real" esa "Chelsi"ning hozirgi holatidan xabardor. Jamoa yozda futbolchi sotishga majbur. "Real" bu vaziyatdan foydalanib qolishga harakat qiladi. Negaki, ispan gigantiga qanot himoyachisi juda ham kerak. Jamoa rahbariyatida bu borada ro‘yxatdan ham tayyor. Undan Joau Kanselu, Xuan Foyt, Davide Kalabriya hamda Ris Jeymslar o‘rin olgan. Ushbu futbolchilar ichida "Real" uchun eng keragi, hozircha Jeyms bo‘lib turibdi.

"Real"ni bu borada eng qiynaydigan narsa bu Jeymsning shartnomasidir. Futbolchi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan bitimga imzo chekkan. Bu narsa "Real" oldidan turgan masalani og‘irlashtiradi. Ha, madridliklar "Chelsi" tez-tez transferlarni amalga oshiradi. Eden Azar va Tibo Kurtua shular jumlasidandir. Ammo bu ikkisi "Chelsi"dagi bitimi 1 yil qolganida ketgandi.
"Real" Kay Xavertsga ham da’vo qiladi. Hujumchi "Bayer Leverkuzen" safida ekanidayoq "qirollik klubi" radarida edi. Ammo "Chelsi" uni ilib ketgan. O‘shanda ingliz klubi Xavers uchun 71 million funt to‘lashga rozi bo‘ladi (kelajakdagi bonuslar bilan birga). Umumiy olib qaraganda, "Real" Xaversdan ko‘ra, Jeymsga ko‘proq muhtojlik sezadi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: teamtalk.com
Kiritildi: 21:23, 02.04.2023.
O'qildi: 2168 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.