Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Dinamo» o‘rtoqlik o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Dinamo» o‘rtoqlik o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Pro liga 4-turi doirasidagi «Dinamo» - «Andijon-SGS» o‘yini mehmon jamoaning Ispaniyada yoshlar o‘rtasidagi o‘rtoqlik turnirida qatnashishi sababli PFL tomonidan noma’lum muddatga qoldirildi.

Yuzaga kelgan tanaffusda «Dinamo» jamoasi bugun Zafar Xolmurodov murabbiyligidagi «Nasaf» o‘rinbosarlar jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Shu kuni jamoamiz to‘purari Kojo Joel maydonga tushmadi.

O‘yindagi hisob 1-bo‘limda samarqandlik himoyachi Salim Mustafoyev tomonidan ochildi. Taym yakunigacha darvozabon Farhod Rahmatov jamoasini ikki marta muqarrar goldan saqlab qoldi. Ikkinchi bo‘limda esa zaxiradan maydonga tushgan Bahodir Abduvaliyev farqni ikkitaga yetkazgan bo‘lsa, 74-daqiqada Komil Sharofetdinov ishlagan penaltini Muhammadbobur Asadullayev golga aylantirdi. 75-daqiqada esa Komil Sharofetdinovning uzatmasini Samarqand futboli tarbiyalanuvchisi Elnurbek Saitmurodov bosh bilan qarshiliklar darvozasiga joyladi – 4:0.

O‘rtoqlik o‘yini. 6 aprel (payshanba)
«Dinamo» - «Nasaf» (o‘rinbosarlar) – 4:0
Samarqand, «Dinamo» stadioni.
Gollar: Salim Mustafoyev 15, Bahodir Abduvaliyev 57, Muhammadbobur Asadullayev 74 penaltidan, Elnurbek Saitmurodov 75.
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Erkin Boydullayev, Yevgeniy Nazarov, Xurshidbek Ubaydullayev, Salim Mustafoyev, Abdujamol Isroilov, Javlon Malikov, Valeriy Akopov, Muhammadbobur Asadullayev, Dilshod Rahmatullayev, Bahodir Nasimov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Koike Yuday, Komil Sharofetdinov, Fransis Narx, Mensa Derrik, Jasur Qurbonov, Elguja Grigalashvili, Bahodir Abduvaliyev, Elnurbek Saidmurodov.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 16:53, 06.04.2023.
O'qildi: 1414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.